Vatanimiz tarixidagi 6 oktyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1131 yil (bundan 894 yil oldin) – qozi Abu Hafs Umar ibn Shuayb Dizakiy Ustrushananing qishloqlaridan biri bo‘lgan Borkasda vafot etdi. Alloma Dizak (hozirgi Jizzax) shahrida tug‘ilib, Samarqanddagi bir harbiy istehkomda qozi bo‘lgan.

1826 yil (bundan 199 yil oldin) – Buxoro hukmdori Amir Haydar 48 yoshida Buxoro shahrida to‘satdan vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mang‘itlar sulolasi vakillari o‘rtasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Tarixchi olim Qahramon Rajabovning yozishicha, Amir Haydar Qarshi viloyati hokimi bo‘lgan o‘g‘li Nasrulloh huzurida bo‘lib, Buxopoga qaytayogganda bedavo bir dardga chalingan va poytaxtga yetib kelgach, olamdan o‘tgan edi. Marhum amirdan 7 o‘g‘il va 8 qizning qolganligi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Ahmad Donish va Mirzo Abdulazim Somiy kabi tarixchi olimlarning fikricha, Amir Haydar betob bo‘lib to‘shakda yotganida saroy ahlini huzurig‘a chaqirib, eng katga o‘g‘li Husayn To‘ra (1797–1826)ni o‘zining valiahdi deb e’lon qilgan.

1881 yil (bundan 144 yil oldin) – Toshkentda birinchi xususiy bank – operatsiyalar o‘tkazish doirasi cheklangan, uncha katta sarmoyaga ega bo‘lmagan kredit muassasa – O‘rta Osiyo tijorat banki ochildi. 1909 yilga qadar ushbu bankning asosiy sarmoyasi 500 ming rublni tashkil qilgan. Bank hech qanday tovar operatsiyalarini o‘tkazmas edi. O‘rta Osiyo tijorat banki asosan foizli qog‘ozlar va veksellar hisob-kitobi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirardi. Bankning ichki tartiblariga ko‘ra 20 ta aksiyaga ega bo‘lgan aksiyadorlar yig‘ilishda 1 ta, 300 ta aksiya egasi esa 5 ta ovozga ega bo‘lgan. Yig‘ilishda bir aksiyador ko‘p aksiyaga ega bo‘lib, masalani o‘z foydasiga yechib olmasligi uchun hech kimga 10 tadan ortiq ovoz berish huquqi berilmagan. Bank o‘z kapitalini ko‘paytira olmaganligi sababli 1911 yilga kelib tugatilgan.

1908 yil (bundan 117 yil oldin) – metereolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Viktor Bugayev tavallud topdi (vafoti 1974 yil). U 1935–1940 yillarda O‘zbekiston ob-havo byurosi boshlig‘i bo‘lgan. Viktor Bugayev Jahon ob-havo xizmatini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Buxoroning sobiq amiri Olimxonning yozgi saroyi – Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining birinchi Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni xalq sovet respublikasi deb e’lon qilish haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa Buxoro respublikasi tashkil topdi.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – Turkiston respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va hukumati tomonidan Turkiston Iqtisodiy Kengashi faoliyatini kuchaytirish maqsadida “Turkiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashi haqida” nizom qabul qilindi. Unga ko‘ra, mazkur muassasa hukumat qoshida joriy etildi.

1950 yil (bundan 75 yil oldin) – Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy qismida joylashgan Shumanay tumani tashkil etildi. U 1960 yil 5 fevalda Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli tumanlariga qo‘shib yuborilgan. 1976 yil 9 yanvarda qayta tashkil etilgan.

1956 yil (bundan 69 yil oldin) – tarixchi Jasur Xasanovning ma’lumot berishicha, Fanlar akademiyasining haqiqiy va muxbir a’zolari ishtirokidagi yillik yig‘ilishida mazkur akademiyaga yangi prezident saylovi bo‘ldi. Unda Habib Abdullayev bir ovozdan O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi. Habib Abdullayevning rahbar etib saylanishi akademiya faoliyati va respublikada mahalliy ilmiy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar rivojida muhim davr bo‘ldi. 

Habib Abdullayev Fanlar akademiyasi tarkibida Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruv ishlari kabi yangi zamonaviy ilmiy-tadqiqot muassasalarini ochishda bosh-qosh bo‘ldi. Shuningdek, bir qator yangi ilmiy muassasalarni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatdi. U Fanlar akademiyasini 1962 yilga qadar boshqardi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – Nukusda buyuk olim, atoqli astronom Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek haykali ochildi.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida O‘zbekiston bilan Ruminiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqidagi Protokolni imzolash marosimi bo‘ldi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Senegal Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma Kommyunike imzolandi.

2011 yil (bundan 14 yil oldin) – Xalqaro gaz ittifoqi kengashining Dubrovnik shahridagi (Xorvatiya) majlisida O‘zbekiston Respublikasi ushbu tashkilot a’zoligiga qabul qilindi. 

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”, “Sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning Ruminiya va Senegal bilan diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi