Ozarbayjonning Mingyachevir shahrida o‘tayotgan III MDH o‘yinlarida bugun sirdaryolik sportchi Jamolbek Turg‘unov akademik eshkak eshishning M1 1500 metr masofadagi dasturi bo‘yicha barcha raqiblarini ortda qoldirib birinchi bo‘lib marraga yetib keldi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda viloyat sport boshqarmasi mas’ullari xabar berdi.

Jamolbekning bu yutug‘i nafaqat shaxsiy g‘alaba, balki Sirdaryo sportining xalqaro maydondagi obro‘sini yanada oshirdi.

Ma’lumot uchun: akademik eshkak eshish  barqarorlik, texnika va tezlik talab qiluvchi sport turi bo‘lib, xalqaro musobaqalarda g‘oliblik faqat chuqur tayyorgarlik va kuchli ruhiy barqarorlik natijasida keladi. Jamolbek Turg‘unovning oltin medali bu talablarni to‘liq ta’minlagani va uning sportdagi kamoloti hamda xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi