Mamlakatimiz hududlarida bosqichma-bosqich “Eco-save-Aral-2025”, “Talaba yugur” hamda “O‘quvchi yugur” ommaviy yugurish marafonlari o‘tkazilmoqda. Termiz shahrida ham ushbu sport tadbiri uyushqoqlik bilan tashkil etildi.         

Vohaning 4 ming nafardan ortiq sport ixlosmandi faol ishtirok etgan marafonda qatnashchilar 3 kilometr masofani epchillik va chaqqonlik bilan bosib o‘tdi. Ularning harakati hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanib borildi.

Musobaqa yakunida turli yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tantanali ravishda rag‘batlantirildi. G‘oliblarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.      

[gallery-25608]

Mazkur ommaviy yugurish marafoni nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildi, balki aholining jismoniy faolligini oshirishga ham xizmat qildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda “Eco-save-Aral-2025” ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi