Ozarbayjonning 7 ta shahrida davom etayotgan III MDH o‘yinlarining ortda qolgan to‘qqizinchi kungi bahslarida 11 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan bo‘lsa, ular orasida boks janglari O‘zbekiston sportining yangi yulduzlari katta sport maydoniga kirib kelayotganligini ko‘rsatdi.

O‘yinlarning bokschi qizlar ishtirokidagi final janglari haqiqiy ma’noda o‘zbek boksining tantanasi ko‘rinishini oldi. Finalga 5 nafar bokschi bilan yetib kelgan terma jamoamiz a’zolari yuz foizlik natijaga erishdi.

Temur Axboyev va Eldor Xolmatov murabbiyligidagi yosh bokschi qizlarimiz 5 ta oltin, 4 bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 1 o‘rinni egalladi.

-50 kg vaznda hamyurtimiz Nazokat Mardonova ozarbayjonlik Amina Tagini 4:1, -52 kg.da Sabina Mirzayeva rossiyalik Maria Lebedevani 5:0, -54 kg.da Qumriniso Muhammadova ozarbayjonlik Jamila Muradilni 5:0, -57 kg vaznda Farzuna Ro‘ziyeva rossiyalik Sofia Pantelevani 3:2, -63 kg vaznda Rushanabonu Isoyeva rossiyalik Fidan Bakarovani 5:0 hisoblarida mag‘lub etishi III MDH o‘yinlarining eng shov-shuvli ko‘rsatkichi sifatida qayd etildi.

III MDH o‘yinlarining 5 oktyabr kuni o‘tadigan o‘ninchi kungi boks janglarida O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari oltin medallar orzusida ringga ko‘tariladi.

Terma jamoamiz a’zolaridan O‘tkirbek Norqosimov Ozarbayjon, Azizbek Shokirjonov Tojikiston, Behruz Rohataliyev Qirg‘iziston, Bobomurod Boymirzayev Tojikiston, Otabek Nurmuhammadov Ozarbayjon, Dilshod Ahmadjonov Rossiya, Kamronbek Hamdamov Rossiya, Oybekjon Abdurahimov Rossiya, Xurshidbek Jo‘rayev Rossiya va Farhodjon Bahodirov Ozarbayjon terma jamoasi a’zosi bilan final jangida ro‘baro‘ keladi.

Bokschi qizlarimizning 5 ta, erkin kurashchilarimiz va  dzyudochilarimizning 2 tadan, karate va qilichbozlarning 1 tadan oltin medallarni qo‘lga kiritishi natijasida mamlakatimiz sport delegatsiyasi hisobidagi umumiy oltin medallar soni 14 taga yetganligi e’tiborli voqelik bo‘ldi.

Umum jamoa hisobida rossiyalik sportchilar 157 ta (89-40-28) medallar shodasi bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, ozarbayjonliklar 134 ta (23-44-67) medallarga egalik qilgan holda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Belarus sport delegatsiyasi 81 ta (20-23-38) sovrinli o‘rin bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

O‘zbekiston sportchilari 14 ta oltin, 19 ta kumush, 40 ta bronza, jami 73 ta medallar shodasiga ega chiqib, 4-o‘rinda ozarbayjonlik va belaruslik sportchilarni ta’qib etmoqda.

5 oktyabr III MDH o‘yinlarining o‘n birinchi kunida 10 ta sport turida musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH o‘yinlari: O‘zbek boksining Ozarbayjondagi yorqin tantanasi