Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy tariximizni chuqur o‘rganish, ayniqsa jadid bobolarimizning faoliyati, ularning hayot yo‘llarini keng va atroflicha tahlil etish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bu boradagi ezgu ishlarga  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Tarix instituti ilmiy jamoasi munosib hissa qo‘shib kelayotgani diqqatga sazovor.  

Institut olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar,  tayyorlanayotgan kitoblar, ilmiy risolalar, turli ma’rifiy loyihalar yurtimizda, ayniqsa, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bu esa yoshlarning milliy tariximizga, milliy o‘zligimizga bo‘lgan mas’uliyati va hurmatini kuchaytirishda, hurriyatning, bugungi yorug‘ kunlarning qadriga yetishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan har yili oktyabrning birinchi haftasini Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgilangan.

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida mazkur mazkur haftalik yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.  

Yuqorida nomi keltirilgan qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  Tarix instituti Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda “Millat qatag‘oni va oqibatlari” umummilliy ilmiy yig‘ini o‘tkazdi. Unda millat oydinlari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ustozlari va tinglovchilari, qiziquvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari  qatnashdi.

Ilmiy-ma’rifiy yig‘inda  Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, yurtimizning ko‘zga ko‘ringan tarixchi olimi, akademik Azamat Ziyo va boshqalar O‘zbekistonda qatag‘on qurbonlarni o‘rganish, yod etish va ularning ilmiy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil so‘z yuritdilar. Millat oydinlari hayoti va faoliyatini o‘rganish muhimligi, Tarix institutida bu borada olib borilayotgan ishlar e’tirof etildi. 

Ta’kidlanganidek, Tarix institutida 2022 yildan boshlab, oktyabrning birinchi haftasida qatag‘onlarni yod etish maqsadida “Qaramlik, qatag‘on va millat” umummilliy ilmiy yig‘ini o‘tkazib kelinayapti.  

Shuningdek, institut olimlari tomonidan Rossiya  imperiyasining bosqini va mustamlakachilik siyosati, jadidchilik milliy harakati tarixi, qatag‘on qurbonlarini aniqlash, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, 1865 – 1990 yillarda o‘zbek xalqiga nisbatana uyushtirgan qirg‘inlar, millatimiz ziyolilari, diniy ulamolar, ishbilarmonlarlarning qatag‘on qilinishi hamda oqibatlari haqida gapirildi.  

Yig‘inda Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Muhayyo Isoqova “Rossiya imperiyasi qatag‘onchilik siyosatining ildizlari (1865 – 1917)”, institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor, atoqli olima Dilnoza Jamolova “Ishbilarmonlar qatag‘oni va oqibatlari”, institut direktori o‘rinbosari, Harbiy tarixni o‘rganish markazi boshlig‘i, tarix fanlari doktori Feruz Boboyev “Yer egalari, chorvadorlar qatag‘oni va oqibatlari”, haqida ma’ruza qildilar.

Shuningdek, institut bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov “Sovet hokimiyatining diniy siyosati, dindorlar qatag‘oni va oqibatlari, institut kichik ilmiy xodimlari Asadullo Hasanov “Milliy siyosiy uyushmalar qatag‘oni va oqibatlari”,  Daler Mirzayev “Milliy matbuot qatag‘oni va oqibatlari” haqida ma’ruza qildilar.

Tadbirda qatag‘on qurbonlarining avlodlari ham ishtirok etib, bobolari haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdilar. Anjumanda olimlarning chiqishlar bo‘yicha yig‘ilganlarning fikrlari tinglandi va bu kabi umummilliy yig‘inlarning muntazam o‘tkazilishi zaruratga aylanishi kerakligi ta’kidlandi.

                                                                         N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hurriyatning zahmatli yo‘li