Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan III MDH o‘yinlarida qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy bahslarda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Quvonarlisi, qilichbozlikning sablya yo‘nalishidagi erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda Sardor Abdukarimbekov, Shannazar Abulov, Nursulton Kenesbayev, Alpamis Urakbayevdan iborat terma jamoamiz so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Rossiya termasini 45:43 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.


Shuningdek, shpaga yo‘nalishida tarkibida Madinabonu Mansurova, Sanam Nazarova, Ozodaxon Usmonjonova, Marvarid Zuvaydillova bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar o‘tgan barcha janglarda zafar quchdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA