Vatanimiz tarixidagi 5 oktyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1462 yil (bundan 563 yil oldin) – Zahiriddin Muhammad Boburning bobosi temuriyzoda Abu Said mirzo (hukmronligi 1451–1469 yillar) Mirzo Ulug‘bekning nabirasi Muhammad Jo‘giy tomonidan egallab olingan Shohruxiya shahrini o‘z piri Xoja Ahrorning yordami bilan qayta egallab, isyonni bostirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Chingizxon tomonidan vayron qilingan Fanokat shahri Amir Temurning farmoyishiga ko‘ra 1388 yilda o‘g‘li Shohrux bahodirxon sharafiga Shohruxiya nomi bilan qayta tiklangan edi. Mazkur shaharning qoldiqlari Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida (hozirgi Oqqo‘rg‘on tumanida) saqlanib qolgan.

1793 yil (bundan 232 yil oldin) – Rossiya imperiyasidan Xiva xonligiga yuborilgan shifokor Blankennagel Xivaga yetib keldi va hukmdorning ko‘zi ojiz amakisini ko‘rikdan o‘tkazdi. Biroq Blankennagel traxoma kasalidan ko‘zlari ojizlanib, ularga suv yig‘ilib qolgan 80 yoshli Fozilbiyni davolay olmadi va bemorga hech qanday yordam berib bo‘lmasligini aytdi. Natijada shifokorga ishonchsizlik bildirib, uni josus sifatida Xivada to‘rt oy davomida ushlab qoldilar.

Uning Xivaga kelishi quyidagicha yuz bergan. Shu yilning aprel oyida Xivadan ikki elchi Ufa gubernatori, general-poruchik Peutling nomiga yozilgan maktub bilan Orenburgga boradi. Maktubda hukmdor Avazboy inoq o‘z amakisi Muhammad Fozilbiyning ko‘zi ko‘rmay qolgani va uni davolash uchun tajribali shifokor yuborilishini so‘ragan edi.

Tarixchi Umarbek Sheripovning qayd etishicha, o‘z navbatida Peutling xivaliklarning iltimosini Peterburgga, imperatori Yekaterina II ga yetkazadi. Natijada Xivaga yuborish rejalashtirilgan harbiy shifokor – mayor Blankennagelga tilmoch sifatida chegara sudi tarjimoni Xolmagorov, bitta sartarosh va 8 nafar kazaklar ajratiladi.

Shifokor garchi nufuzli bemorni davolay olmagan bo‘lsa-da, yana qariyb yarim yil davomida Xivada qoladi. Bu muddat davomida u ko‘plab bemorlarni muvaffaqiyatli davolaydi. U 1794 yilning 12 martida Xiva xonligi elchilari bilan birga Rossiya imperiyasiga qaytib ketadi.

1905 yil (bundan 120 yil oldin) – qoraqalpoq yozuvchisi, filologiya fanlari doktori, dramaturg, adabiyotshunos Najim Dovqorayev tavallud topdi (vafoti 1953 yil). U 1946–1948 yillarda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – suxandon, O‘zbekiston xalq artisti Qodir Tojiyev dunyoga keldi (vafoti 2001 yil). U uch mingdan ortiq hujjatli filmga ovoz bergan. 1994 yilda “Jasorat” medali, 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – Butun Buxoro vaqf qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda ta’kidlanishicha, bundan buyon vaqflardan tushayotgan daromadlar maktab va madrasalar qurish, osori-atiqa va tarixiy binolarni saqlash, tarjima va nashriyot ishlariga sarflanadigan bo‘ldi.

1937 yil (bundan 88 yil oldin) – adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov tavallud topdi (vafoti 2012 yil). U 1999–2001 yillarda Markaziy saylov komissiyasi raisi sifatida ham faoliyat yuritgan.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Toshkentda geolog olim, davlat va jamiyat arbobi Habib Abdullayev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – Shahrisabzda bir vaqtlar Amir Temur bobomiz bosib o‘tgan yo‘llar bo‘ylab supermarafon start oldi. Respublikaning turli viloyatlaridan ellikka yaqin sportchi 1300 kilometr masofani bosib o‘tib, Toshkentning Amir Temur xiyobonida marraga yetib keldilar.

2006 yil (bundan 19 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «“O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin)yurtimizda to‘qimachilik sanoatidagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida Наманgaн shahrida Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi. Institutda o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan boshlandi.

 Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohibqiron o‘zi qayta qurdirgan qaysi shaharni farzandining nomi bilan atagan?