Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Prezident Donald Tramp bilan muloqotga kirishish qulayligini ta’kidlab, uning Ukraina bilantinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatini olqishladi, yuzaga kelgan inqirozni hal etishga urinishini ijobiy baholadi. Shu bilan birgaAQSH tomonidan Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi “Tomagavk” raketalari yetkazib berilishi ehtimoli Rossiya bilan holat yana keskinlashuviga olib kelishini aytdi. Ya’ni, bu nafaqat harbiy raqobatning yangi bosqichi, balki o‘zaromunosabatlar rivoji uchun ham jiddiy xatar ekanini bildirdi. Bu haqda “Yevronyus” yozgan.

O‘tgan hafta AQSH rasmiylari Kiyevga raketa yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi. Vitse-prezident Jey Di Vens yakshanba kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida buni tasdiqladi va “Prezident Amerika manfaati himoyasi uchun zarur har qanday chorani ko‘radi”, – dedi.

Valday xalqaro munozara klubidagi chiqishida Putin ushbu raketalarning jang maydonidagi o‘rni sezilarli emasligi, Rossiya harbiylari tizimli harakati bilan frontda muvaffaqiyatga erishib kelayotganini aytdi.

Oq uy mansabdorlaridan biri qayd etishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlashi mamlakat iqtisodiyoti va xalqaro imijiga jiddiy zarar keltirgan. “Putin bir necha bor tinchlik kelishuvi bo‘yicha taklifni rad etdi, bu tavsiyalar RF uchun foyda keltirishi mumkin edi”, – deya ta’kidlagan.

Shuningdek, Putin o‘z chiqishida o‘tgan hafta Daniya osmonida yuz bergan dronlar bilan bog‘liq hodisada G‘arb Rossiyani ayblayotganiga ham qo‘shilmadi. RF yetakchisining fikricha, bu NATO tomonidan “tanglikni kuchaytirish va mudofaa xarajatini oshirish”ga qaratilgan strategik harakatdir.

Har holda dron bilan bog‘liq voqea ortida kim turgani hozircha ma’lum emas. Daniya Bosh vaziri vaNATO Bosh kotibi Rossiyaning aloqadorligi ehtimolini inkor qilmayapti.

Kopengagenda bo‘lib o‘tgan Yevropa yetakchilarisammitida so‘zga chiqqan Ukraina PrezidentiVladimir Zelenskiy ko‘hna qit’a bo‘ylabkuzatilayotgan dron hodisalari “Rossiya urushnikuchaytirishga hamon jasorat topayotganining ochiqbelgisi” ekanini ta’kidladi.

– Gap faqat Ukraina haqida emas, Rossiyada hardoim G‘arbni, ayniqsa Yevropani bo‘ysundirishistagi bo‘lgan, – dedi Zelenskiy. – Bugunruslarning strategiyasi oddiy: Yevropanibo‘lish, oramizni sovutish, birlashishimizga yo‘l qo‘ymaslik.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/DrQgoEJS1Pk?si=R4jESqWIJE0AcPUu" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Rossiya munosabati yana keskinlashadimi? (+video)