Yurtimizda jamiyatning bir qismi va teng huquqli a’zosi hisoblangan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini kafolatlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 16 iyuldagi “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu hujjat asosida nogironlikni belgilash tizimi takomillashtirilmoqda.

– Yangi tizim 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab, Surxondaryo viloyatida bosqichma-bosqich ekspriment tarzda yo‘lga qo‘yildi, - deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahobiddin Hakimov. – Fuqarolarga nogironlikni belgilash bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratildi. 

[gallery-25594]

Endilikda davolanish muddati kasallik turidan kelib chiqib belgilanadi va uzluksiz 4 oy, uzilishlar bilan 6 oy kutish tartibi bekor qilindi hamda 1071 ta holatda kasallik holatlari bo‘yicha davolanish muddati talab etilmaydi. Ilgari bunday holat bor-yo‘g‘i 48 ta edi. Kasalliklar ro‘yxati esa 71 tadan 92 taga ko‘paytirildi. MKB-10 bo‘yicha kasalliklar holatlari ro‘yxati esa 565 tadan 2074 taga kengaytirildi. Sirtdan nogironlik belgilash mumkin bo‘lgan kasalliklar soni 60 taga, muddatsiz davrga nogironlik belgilash holati 69 taga yetkazildi.

Shuningdek, bemorlarga qulayliklar yaratish maqsadida Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi ish jadvali 5 kunlikka o‘tkazilib, shaxsning funksionalligini ko‘rik bilan bir kunda baholash mumkin bo‘ladi. Nogironlik muddati, guruhi, o‘zgalar parvarishiga muhtojligi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, RTV va POMga muhtojligiga oid ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Amaliyotda aynan qaysi mutaxassislar Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalarida ishlashi mumkinligi bo‘yicha muammolar yuzaga kelayotgan edi. Qaror bilan ishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan tibbiy mutaxassisliklar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shu bilan birga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning kasalliklar ro‘yxati kengaytirildi va nomuvofiqliklar bartaraf etildi. Ya’ni, kasalliklar darajasi, bosqichi va asoratlar mezonlari aniq belgilab berildi. Endilikda Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari faqatgina shaxsning ob’ektiv holatini to‘g‘ri baholasa yetarli bo‘ladi.

Tizimda xulosa yaratish uchun dastlab 25-30 daqiqa sarflangan bo‘lsa, hozirda 7-8 daqiqa vaqt talab qilinmoqda. Shuningdek, barcha ma’lumotlar avtomat tanlanishi, ya’ni qo‘lda ma’lumot kiritilmasligi orfografik xatolar kelib chiqishining oldini oladi hamda vaqtni tejaydi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ZjuYyyjPZwA?si=eFM6IK5itNTxzhnO" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironlikni belgilash tizimi takomillashtirilmoqda