3 oktyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Yong‘inga qarshi kurashish jamiyati hamda boshqaruv servis kompaniyalari hamkorligida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Sovuq mavsumda energiya resurslaridan oqilona va xavfsiz foydalanish, aholining xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda OAV va blogerlar, toshkent shahrining barcha tumanlaridagi FVB bo‘lim boshliqlari va profilaktika bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. 

Unda mutasaddilar tomonidan fuqarolar uchun xavfsizlik qoidalari va ularning farqlari, yong‘inga qarshi kurashish xizmatining faoliyati va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, turar joylarda elektr simlari va kabellardan to‘g‘ri foydalanish tartibi, kuz-qish mavsumida yuzaga kelayotgan muammolar, xatoliklar va ularning yechimlari haqida tushuntirish berildi. 

“Bugungi kunda aholimiz va korxonalar turli pech va gorelkalardan foydalanmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, ular ikki turga bo‘linadi: standart va nostandart. Standart uskunalar zavodda barcha talab va xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda ishlab chiqariladi, texnik xizmat ko‘rsatish ham oson. 

Ammo, so‘nggi yillarda nostandart, qo‘lbola pech va gorelkalardan foydalanish holatlari ko‘paymoqda. Ularning aksariyati texnik reglamentsiz tayyorlanadi va bu yong‘in, is gazi bilan zaharlanish yoki portlash kabi fojialarga sabab bo‘lishi mumkin” deydi, FVV Axborot xizmati rahbari o‘rinbosari, podpolkovnik — Samandar Hikmatullayev.  

Shu bois aholidan faqat sertifikatlangan, sinovdan o‘tgan standart uskunalardan foydalanish qat’iy tavsiya qilinmoqda. 

“Xavfsizlik eng avvalo o‘zimiz va yaqinlarimizning hayotini himoya qilish demakdir”, deydi yana u.

 Press-tur doirasida yong‘in-qutqaruv texnikalarining ko‘rgazmali namoyishi ham tashkil etildi. 

So‘ngra mas’ullar tomonidan ishchi guruhlar va texnik tayyorgarliklar yuzasidan ma’lumot berildi. 

Qayd etilishicha, hozirda mamlakat bo‘ylab 552 ta ishchi guruh tuzilib, ularga qariyb 3 ming nafar mutaxassis jalb qilingan. Shundan 568 ta ta’mirlash-tiklash brigadalari aholiga xizmat ko‘rsatishga tayyor holatga keltirilgan.

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 139 km gaz tarmoqlari mukammal ta’mirlanib, 380 km gaz quvurlari rekonstruksiya qilingan. 954 ta gaz taqsimlash punktlari yangilangan. 50 mingdan ortiq punkt texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, 22 ming km yer osti gaz quvurlari tekshirilgan. Qolaversa, “Hududgazta’minot” tizimi 24/7 ish rejimiga o‘tkazilib, 279 ta avariya brigadasi doimiy shay holatida turibdi. 

Profilaktika ishlari bo‘yicha berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hududlarda 10 mingdan ortiq mahallada xavfsizlik tekshiruvlari o‘tkazilgan va uyma-uy yurishlar orqali 2,2 milliondan ortiq xonadonda tushuntirish ishlari amalga oshirigan. Natijada pech va dudburonlardagi 150 mingdan ortiq nosozliklar aniqlanib, ularning 89 foizi joyida bartaraf etilgan.

Aholi bilan 700 mingdan ortiq uchrashuvlar tashkil etilib, “Mehribonlik uylari” va boshqa ijtimoiy muassasalarda tungi navbatchilik soatlari tashkil etilgan.  

Tadbir doirasida statistikaga tayanilib, kelib chiqayotgan yong‘inlarning asosiy sabablari bo‘yicha ham ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, mamlakatdagi yong‘inlarning 40 foizi elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, 30 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik, 11 foizi isitish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqmoqda. 

Shu sababli, 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha “Yong‘indan ogohlik” umummilliy oyligi o‘tkazilmoqda.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar aholiga energiya resurslaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, nosoz isitish moslamalaridan foydalanmaslik va favqulodda vaziyat yuz berganda darhol tegishli xizmatlarga murojaat qilishni eslatib o‘tdilar. 

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/uXGlTEizWBc" title="Favqulodda vaziyatlarga shaylik:279 ta avariya brigadasi kun-u tun xizmatda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (surat, video), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlarga shaylik: 279 ta avariya brigadasi kunu-tun xizmatda (+video)