Vatanimiz tarixidagi 4 oktyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1864 yil (bundan 161 yil oldin) – Xiva xoni Muhammad Rahimxon Soniy huzuriga Qo‘qon xonligining elchisi kelib, Turkiston qal’asi ruslar tomonidan olingani haqidagi xabarni yetkazdi va xondan yordam so‘radi. Ogahiyning ma’lumot berishicha, Qo‘qondan yordam so‘rab kelgan elchilar shu yilning rajab oyigacha Xivada turganlar va rajab oyining to‘qqizida Xiva xonidan ruxsat olib, Turkiyaga jo‘naganlar. 

1896 yil (bundan 129 yil oldin) – tarixchi olim Abdulahat Muhammadjonovning qayd etishicha, samarqandlik savdogar Rextzamer Amudaryo kanali to‘g‘risida 14 moddadan iborat Rossiya va Buxoro amirligi o‘rtasida tuziladigan maxsus shartnoma loyihasini ishlab chiqib, uni Rossiyaning Buxorodagi siyosiy agenti Ignatevga yo‘lladi. Rus va fors-tojik tillarida tuzilgan bu hujjatda Amudaryo kanali qurilishi bo‘yicha asosiy shartlar belgilab chiqilgan edi. 

1917 yil (bundan 108 yil oldin) – Rossiyadagi Muvaqqat hukumat bosh vaziri, dastlabki tahsilni Toshkentda olgan Aleksandr Kerenskiy Toshkentga maxsus telegramma yo‘llab, yaqin orada bu shaharda universitet ochilishini ma’lum qildi va shu munosabat bilan Turkiston ilmiy-madaniy jamoatchiligini tabrikladi. Telegrammaning to‘la matni 7 oktyabrda 248-sonli maxsus buyruq bilan Toshkentda e’lon qilindi. Ammo oktyabr to‘ntarishi tufayli bu ish amalga oshmadi.

1938 yil (bundan 87 yil oldin) – SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasi raisi harbiy yurist Alekseyev O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari, davlat xavfsizligi mayori Derenik Apresyanga rasmiy talabnoma yo‘lladi. Bu talabnomaga ko‘ra 4 oktyabrda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor yig‘ilishi 52 mahbusni oliy jazoga – otuvga hukm qildi va hukm zudlik bilan ijro etildi.

1938 yil (bundan 87 yil oldin) – XX asr o‘zbek madaniyatining bebaho yorqin yulduzlari: Fitrat, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon bir kunda Toshkent atrofidagi Yupusobod qatlgohida otib tashlandi. Bu vaqtda yozuvchi, olim, davlat va jamoat arbobi Fitrat 52 yoshda, yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy 44 yoshda, mashhur shoir va yozuvchi, jamoat arbobi Cho‘lpon esa 40 yoshda edi.

Dahshatlisi shundaki, ularni otish haqidagi SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor yig‘ilishi hukmi hukm ijro etilganidan bir kun keyin, ya’ni 1938 yil 5 oktyabrda chiqqan. Dushmanlar xalqimizning asl farzandlarini tezroq yo‘q qilishga, odamlarni ma’naviyat buloqlaridan bebahra qoldirishga shoshilganlar. Abdulla Qodiriy 1956 yil 9 oktyabrda, Fitrat va Cho‘lpon esa 1957 yil 1 avgustda oqlangan.

2006 yil (bundan 19 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 10 bob, 69 moddadan iborat.

2011 yil (bundan 14 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 28 moddadan iborat.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli Kino saroyida buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan “Sharqdan taralgan nur” badiiy-hujjatli filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Filmga jahonga mashhur qomusiy olim Ibn Sinoning buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy bilan tanishuvi asos qilib olingan. Kinolavhalar mamlakatimizda, shuningdek, Eron, Fransiya va Rossiyada tasvirga olingan. 

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”ga qarori imzolandi. 

2021 yil (bundan 4 yil oldin)ehtiyojmand oilalarning farzandlarini, chin yetimlarni, og‘ir kasallikka chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalarni davolash, ularning ta’lim olishini, uy-joy bilan ta’minlanishini hamda kasb egallashlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident qarori bilan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga qarori imzolandi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”ga qarori imzolandi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kunda so‘ngan uch yorqin yulduz: Fitrat, Qodiriy va Cho‘lpon xotirasi kuni