O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt hamda 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Termamizning ushbu uchrashuvlarga tayyorgarligi 6 oktyabrdan boshlanadigan bo‘ldi. Oktyabr oyidagi yig‘inga quyidagi futbolchilar jalb etildi:
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor")
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Farruh Sayfiyev ("Neftchi"), Muhammadqodir Hamraliyev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Jahongir O‘rozov ("Dinamo"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Paxtakor")
Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Baniyas", BAA), Abdurauf Bo‘riyev ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron), Azizjon G‘aniyev ("Al Bataeh", BAA), Umarali Rahmonaliyev ("Sabah", Ozarbayjon), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Oston O‘runov ("Persepolis", Eron), Abbosbek Fayzullayev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzayev ("Dinamo")
Hujumchilar: Rustam Turdimurodov ("Surxon"), Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Igor Sergeyev ("Paxtakor")
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA