Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya dasturi aholining uy-joy muammosini yengillashtirishga qaratilgan. Davlat ko‘magi orqali kredit foizining bir qismi subsidiya hisobidan qoplanib, oylik to‘lovlarni sezilarli darajada kamaytiradi.

Prezident Farmoni bilan joriy etilgan dasturda aniq talablar, daromad chegaralari va mulkka oid shartlar belgilangan bo‘lib, yordam haqiqatan ehtiyojmandlarga yetkaziladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, subsidiyalar nafaqat aholini uy-joy bilan ta’minlashga yordam beradi, balki uy-joy bozori barqarorligini mustahkamlaydi, qurilish sohasidagi faollikni oshiradi.

Davlat xizmatlari markazlari, my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali ariza topshirish mumkin. Arizalar ijtimoiy mezonlar asosida baholanib, kamida 30 ball to‘plashi shart. Shuningdek, daromad belgilangan chegaralarda bo‘lishi va ariza beruvchi yoki turmush o‘rtog‘ining respublika bo‘ylab turar joyi bo‘lmasligi muhim shartlardan hisoblanadi.

Ipoteka subsidiyalari dasturi ko‘plab oilalarning uy-joyga bo‘lgan orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi muhim loyihadir.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Subsidiya – uy-joy orzusini ro‘yobga chiqaruvchi imkoniyat