Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi 80-sessiyasida bugungi kunda Yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlanganini ta’kidladi.
Toshkent shahridagi Interhouse Lyceum (akademik litsey) ta’lim sifati bo‘limi boshlig‘i, siyosatshunos Abdu Malik Mirzajonov bilan suhbatlashdik. Mutaxassis davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yangi Markaziy Osiyo” konsepsiyasining asosiy g‘oyasiga e’tibor qaratib, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi integratsiyani aniq misollar bilan tushuntirdi.
– Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy tarixiy va madaniy ildizlari, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining katta iqtisodiy salohiyati ularning o‘zaro hamkorligini tabiiy va zamonaviy davrda zarur jarayon sifatida ko‘rsatadi, – dedi siyosatshunos.
Intervyuda qayd etilishicha, faqatgina hamkorlik va birlashuv orqali mintaqa barqaror taraqqiyot, tinchlik va farovonlikka erishishi mumkin. Shuningdek, Afg‘oniston masalasi alohida e’tiborga loyiq ekani aytildi: uni Markaziy Osiyoning geosiyosiy va iqtisodiy manzarasidan ajratib bo‘lmaydi. Afg‘oniston mintaqaning ajralmas qismi sifatida ko‘rilib, u bilan muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, oldinga intilish muhim vazifa sifatida qayd etiladi.
Intervyuni YouTube tarmog‘imiz orqali tomosha qiling!
<iframe width="798" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/V2UAoytpnks" title="“Yangi O`zbekistondan Yangi Markaziy Osiyogacha…” – siyosatshunos fikri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA