Yurtimizda 1 oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu sana – yosh avlodga ta’lim berib, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan aziz ustozlarimizga bo‘lgan yuksak ehtirom va chuqur minnatdorchilik ifodasidir.

Ana shunday qutlug‘ kun munosabati bilan O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari uchun tantanali tadbir tashkil etildi.

Marosimda universitet rektori, akademik Sadriddin To‘robjonov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Universitet rektori ustozlarning fidokorona mehnatini yuksak qadrlab, yosh avlodga bilim berish va tarbiya berishdagi ulkan hissasini alohida ta’kidladi. Shu munosabat bilan bir guruh fidoyi pedagoglarga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Tadbir rang-barang musiqiy chiqishlarga boy bo‘ldi. San’atkorlar va teatr aktyorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy dasturlar ustozlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ustozlarimizning zahmatlari yurt kelajagining porloq bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu bois ularning mehnatini qadrlash, ularga ehtirom ko‘rsatish barchamizning insoniy burchimizdir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1hESv86GfNg" title="Pedagoglarga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, Doniyor Yoqubov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglarga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi (+video)