Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Germaniyaning (FAZ) nashriga bergan intervyusida Rossiyani terrorizm kabi Yevropa uchun “eng yirik tuzilmaviy tahdid” deb atadi va RFga qarshi sanksiya siyosatini davom ettirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, Yevropa Rossiyadan kelayotgan xavfni yetarli darajada baholamayapti. Ya’ni, Moskva tomonidan saylovga aralashuv, kiberhujum, muxoliflarni yo‘q qilish, migratsiya oqimidan siyosiy bosim vositasi sifatida foydalanish singari harakatlar qit’a xavfsizligiga tahdid solmoqda.

– Rossiya havo mudofaamizni sinovdan o‘tkazib, o‘z yadroviy doktrinasini o‘zgartirdi, – dedi Makron. – Ruslar yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazmoqda.

Fransiya yetakchisi Yevropa jamiyatlarining ochiqligi axborot xuruji oldida himoyasizligini ta’kidlab, shunday dedi:

– Rossiyaning maxfiy armiyasi demokratik tuzumimizga singib borayotganini ko‘rmaslik –bizning ojizligimiz. Rus harbiylari noma’lum kiber shaxslardir. Ular Fransiya, Germaniya va Yevropa bo‘ylab demokratiyani bo‘g‘moqda.

“Yevropa havo hududiga ruxsatsiz kirgan RF harbiy samolyotini urib tushirish kerakmi?” degan savolga esa Makron “Strategik noaniqlik doktrinasi doirasida shuni ayta olamanki, hech nima istisno qilinmaydi” mazmunida javob bergan. Shu bilan birga G‘arb davlatlari rahbarlarining Rossiyaga qarshi harakatini tanqid qilib, Ukraina ittifoqchilari hali qilinmagan ishlarini oldindan e’lon qilishni to‘xtatishi kerakligini ta’kidladi va “Bu zaiflik belgisi, qilinajak ishlar haqida Putinga ma’lumot yetkazmasligimiz kerak”, – dedi.

Fransiya Prezidenti fikricha, Rossiyaga qarshi sanksiya kutilganidan yaxshiroq ishlamoqda. Faqat bu amaliyot yanada samarali kechishi uchun RFning sanksiyadan qochib ishlayotgan taxminan 800 kemadan iborat floti faoliyatini nazoratga olish lozim.

Makron YeIda muzlatilgan Rossiya aktivini Ukraina foydasiga ishlatish bo‘yicha Germaniya kansleri Fridrix Mersning pozitsiyasiga quyidagicha munosabat bildirdi:

– Mablag‘ shunchaki musodara qilinishi mumkin emas, chunki bu xalqaro huquq me’yoriga zid. Bu pul faqat Ukrainaga uzoq muddatli yordamni kafolatlash  vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ya’ni, Germaniya tomonidan Ukraina manfaati bo‘yicha umumiy qarz majburiyatini o‘z zimmasiga olishni anglatadi va nemis-fransuz hamkorligining amaliy natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ynYNp9yX6E0" title="Makron: Rossiya tahdidini yetarli baholamadik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makron: Rossiya tahdidini yetarli baholamadik (+video)