Farg‘ona viloyatida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirdi. Bugungacha yetishtirilgan hosilning qariyb yarmi yig‘ib-terib olindi. Bunda Yozyovon tumanining ham hissasi katta.

Ular bir kunda 3 foizdan oshirib paxta sotishmoqda. Mavsum boshidan buyon topshirilgan hosil 11 ming 500 tonnadan oshdi. Bu shartnoma rejasiga nibatan 54.6 foizga tengdir.  

Yozyovon tumanida 12 ta terim mashinasi erta-yu kech paxta dalalaridan chiqmayapti. Shuningdek, tashkil etilgan terim otryadlari a’zolari ham shijoat bilan mehnat qilishmoqda. Paxta terimida ilg‘orlik qilayotgan otryad a’zolari tuman hokimligi va xomiylar tomonidan rag‘batlantirilyapti. Bu esa terim suratiga albatta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Tumanning “Istiqlol” MMTP hududidagi   “Mirishkor Teshaboy xoji” fermer xo‘jaligiga terimchilarni rag‘batlantirish uchun tuman hokimi Dilshodjon Jalilov va vodiy kanallardan foydalanish boshqarmasi  boshlig‘i Alisher Tojialiyev kelishdi. Buning sababi fermer xo‘jaligining terimda ko‘rsatayotgan ijobiy natijalari edi. Ilg‘orlar taqdirlandi. 29-terim otryadi a’zosi Laylixon Rayimberdiyevaga esa Umra ziyoratiga sertifikat topshirildi. 70 yoshni qoralayotgan onaxon qalb amri bilan terimda qatnashib, mavsum boshidan bugungacha 3,5 tonnadan oshiq paxta tergan edi.  

– 6 nafar farzandim, 20 nafar nabiram bor,–deydi onaxon. –Bu yil yetishtirilgan dalalardagi hosilni ko‘rib uyda bir daqiqa ham o‘tira olmadim. Fermerning aytishicha, har gektar yerdan 60 sentnergacha hosil olinayotgan ekan. Paxtalarni qarang, meni ter, deb turibdi. Termay bo‘ladimi? Bugun esa men uchun kutilmagan voqea ro‘y berdi. Mening kamtarona mehnatimni inobatga olib, juda katta mukofot bilan taqdirlashdi. Biz dam olish kunlari oilamizning barcha a’zolari bilan o‘z ixtiyorimiz ila terimga hasharga chiqamiz.  

Yozyovon tumanida yetishtirilgan paxta hosilining yarmidan ortig‘i terim mashinalarida yig‘ib olinmoqda. 

    Muhammadjon Obidov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovonda terimchiga kutilmagan sovg‘a topshirildi