BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (YUNKTAD) siyosat noaniqligi global investitsiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganidan ogohlantirdi va rivojlanayotgan mamlakatlar Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga investitsiya keskin kamayishi xavfi ortayotganini ma’lum qildi.

YUNKTAD e’lon qilgan maxsus hisobotda ta’kidlanishicha, global to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya o‘tgan yil ham 11 foiz kamaygan edi. Demak, ikkinchi yil ketma-ket pasayish kuzatildi. Mazkur salbiy holat ishlab chiqarish kapital oqimi jadal sekinlashuvidan dalolat.

Investitsiya oqimi keskin qisqarishi rivojlangan mamlakatlar, xususan Yevropaga xos. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sarmoya kiritish jarayoni barqaror ko‘rinadi. Faqat, hisobot mualliflari fikricha, bu chuqurroq inqirozni yashiradi. Ya’ni, ko‘pgina iqtisodiyotlarda kapital yo turg‘unlashmoqda yoki infratuzilma, energetika, texnologiya va ish o‘rni yaratuvchi sanoat kabi asosiy tarmoqlarni butunlay chetlab o‘tmoqda.

– Ko‘pgina iqtisodiyotlar salohiyat yetishmasligi tufayli emas, balki tizim kapitalni eng zarur joy qolib, eng qulay joyga yo‘naltirishda davom etayotgani bois ortga ketmoqda, – deydi YUNKTAD Bosh kotibi Rebeka Grinspan. – Vaholanki, vaziyatni o‘nglash mumkin. Agar davlat va xususiy sarmoyani rivojlanish maqsadiga moslashtirsak, tizimga ishonchni tiklasak, bugungi beqarorlik ertangi kun imkoniyatiga aylanadi.

Hujjatda keltirilishicha, sarmoyaviy muhit geosiyosiy taranglik, savdo parchalanishi va sanoat siyosatidagi raqobat kuchayishi orqali shakllanadi. Ushbu omillar moliyaviy xatar kuchayishi va noaniqlik bilan birga global investitsiya xaritasini o‘zgartiradi, uzoq muddatli istiqbolda investorlar ishonchiga putur yetkazadi. Zero, transmilliy kompaniyalar so‘nggi payt uzoq muddatli strategiyadan ko‘ra, qisqa muddatli xavfni boshqarishga tobora ko‘proq ustunlik beryapti.

Global to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kamayishi asosan rivojlangan mamlakatlarga sarmoya miqdori 22 foiz, jumladan Yevropada 58 foiz kamayish bilan bog‘liq.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘zgarish har xil namoyon bo‘ladi. Afrikada xorijiy investitsiya Misrdagi yirik loyiha tufayli 75 foiz o‘sdi. Shu loyihani hisobga olmaganda, o‘sish 12 foizni tashkil etdi. Bungainvestitsiyani osonlashtirish choralari va tartibga solish islohoti yordam berdi.

Osiyo 3 foizlik manfiy ko‘rsatkichga qaramay, xorijiy sarmoyani eng ko‘p qabul qiluvchi mintaqa bo‘lib qolmoqda.

Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari sarmoyani 10 foiz oshirib, 225 milliard dollarga yetkazdi. Bu tarixda qayd etilgan ikkinchi yuqori ko‘rsatkich.

Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida 12 foiz pasayish kuzatilgan. Argentina, Braziliya va Meksikada esa yangi loyihalar ko‘paygan.

– Yaqin Sharq Fors ko‘rfazidagi iqtisodiy diversifikatsiya tufayli kuchli ko‘rsatkichni saqlab qoldi, – deyilgan hisobotda. – Tarkibiy jihatdan zaif davlatlar iqtisodiyoti turlicha natija ko‘rsatgan. Eng kam rivojlangan davlatlar va rivojlanayotgan kichik orol-davlatlarga sarmoya mos ravishda 9 va 14 foiz o‘sdi. Dengizga chiqish imkoniyati yo‘q mamlakatlar esa 10 foiz pasayishni qayd etgan.

Yashil maydonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya o‘zgarmagan bo‘lsa-da, xalqaro loyihalarni moliyalashtirish, ayniqsa infratuzilma muhim ahamiyat kasb etgan 2024 yil, 26 foiz kamaydi. Ayni holat Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhim bo‘lgan tarmoqlar – qayta tiklanadigan energiya, transport, suv va oqava tizimida yaqqol kuzatildi.

Raqamli iqtisodiyotga xorijiy sarmoya hajmi 14 foiz o‘sdi, biroq o‘sish notekisligicha qoldi: 10 mamlakat barcha yangi raqamli loyihalarning 80 foizini qamrab oldi, ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar esa infratuzilma, me’yoriy-huquqiy baza va malakali ishchilar yetishmasligi sababli jarayondan ortda qolmoqda.

Hisobot mualliflari ogohlantirishicha, joriy investitsiya darajasi global ehtiyojdan ancha past. BRMni moliyalashtirishdagi bo‘shliqni yopish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga har yili taxminan 4 trillion dollar kerak. Mutaxassislar fikricha, bu maqsadga erishib bo‘lmaydigan darajada ko‘p miqdor.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya ketma-ket ikkinchi yil pasaymoqda