Har birimiz o‘z yashash hududimizni ozoda saqlash, chiqindi to‘kish holatlariga ahamiyatli bo‘lishga mas’ulmiz.
Lekin, afsuski ayrim fuqarolar tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari ko‘p marotaba takrorlanmoqda va atrof-muhit estetikasini buzmoqda.
Belgilanmagan joyga chiqindi tashlash hollarida fuqarolar birinchi marta ogohlantirilib, takroriy holatlarda esa MJtKning 161-moddasi asosida jarimaga tortilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon 2 ming 75 ta takroriy chiqindi tashlash holati aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan. Natijada undirilgan jarimalar miqdori 1 milliard 58 million so‘mni tashkil etdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA