Bugun poytaxtimizda “Biznikilarni bil” nomli birinchi milliy brendlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Tanlovning asosiy maqsadi – istiqbolli o‘zbek kompaniyalari va loyihalarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ular uchun keng qamrovli media va infratuzilma yordamini yo‘lga qo‘yishdir. Tanlov mahalliy ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar, kreativ industriya va startaplar vakillarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tanlovda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, texnologiya, dizayn va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etdi. Ular o‘z biznes tarixi, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi mahsulotlari va innovatsion yechimlarini taqdim etdilar.

"Biznikilarni bil" tanlovi mamlakatimiz iqtisodiyotini milliy brendlar orqali rivojlantirishga qaratilgan davlat strategiyasining bir qismi bo‘ladi. Bu loyiha milliy brendlarni targ‘ib qilish uchun maxsus kompaniya tuzish kabi boshqa tashabbuslarni to‘ldirib, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Ularga Rossiya Federatsiyasi Strategik tashabbuslar agentligi ko‘magida Rossiya bozoriga chiqish imkonini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

Loyiha ishlab chiqaruvchilar va investorlar uchrashuvi uchun noyob maydonchaga aylandi. Eng yaxshi mahsulotlar milliy va xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etiladi. Bu esa tadbirkorlarni o‘z faoliyatini kengaytirish va eksportga chiqishga undaydi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oedtOEctFrA" title="Milliy brendlar e’tirof etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy brendlar e’tirof etildi (+video)