Beeline Uzbekistan Londonda bo‘lib o‘tgan nufuzli Global Procurement & Supply Chain Awards 2025 mukofotida global darajada g‘alaba qozondi. Shuningdek, kompaniya Procurement Success Awards 2025 (Shanhay) xalqaro mukofotida ham g‘oliblar qatoridan joy oldi, bu esa uning yetakchilik maqomini mustahkamlab, hamkorlar va yetkazib beruvchilar bilan ishlashdagi yuqori standartlarini tasdiqladi.

Global Procurement & Supply Chain Awards 2025 - bu xaridlar va ta’minot zanjiri sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri bo‘lib, eng yaxshi jahon amaliyotlari, innovatsiyalar va biznesning muhim yutuqlarini e’tirof etadi. Bu yil butun dunyodan 300 dan ortiq arizalar to‘plandi. Beeline Uzbekistan — Markaziy Osiyodan Global Procurement & Supply Chain Awards mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi va yagona kompaniya bo‘ldi.

Beeline Uzbekistan uchta muhim yo‘nalishda e’tirof etildi:

•             Partnership Award — G‘olib

Mukofot kompaniya darajasida ham, xarid jarayonlari sohasida ham vakolatlar modelini joriy etish loyihasi doirasida hamkorlar va yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni samarali yo‘lga qo‘ygani uchun topshirildi.

•             Supplier Diversity Award — G‘olib

Mukofot SIM-kartalarni mamlakat bo‘ylab, ayniqsa, harakatlanish imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qulay yetkazib berishni ta’minlovchi loyiha uchun berildi.

•             Social Impact Award — Yuqori baholangan

Kompaniya jamiyat uchun muhim va barqaror tashabbuslarni rivojlantirishdagi hissasi uchun xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, kompaniya xaridlar sohasidagi “Oskar” deb e’tirof etiladigan Procurement Success Awards 2025 (Shanhay) mukofotiga ham sazovor bo‘ldi. Beeline Uzbekistan bu mukofotni Diversity & Inclusion Award yo‘nalishida qo‘lga kiritdi — inklyuziya tamoyillarini mustahkamlash va hamkorlar hamda yetkazib beruvchilar orasida xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalari uchun. Kompaniya bu yutuqqa Lenovo, Schneider Electric, Siemens, Adidas, L’Oréal, Danone, Samsonite, Bayer, Shell va boshqa gigantlar qatorida erishdi.

«Ikki nufuzli mukofotdagi g‘alaba biz uchun nafaqat xalqaro darajada e’tirof, balki rivojlanishimizdagi muhim bosqichdir. Biz Markaziy Osiyoda shakllangan amaliyotlar global yetakchilar loyihalari bilan bemalol raqobat qila olishini va jahon professional hamjamiyatidan eng yuqori baholar olishini isbotladik», — dedi Azizbek Rasulov, Beeline Uzbekistan xaridlar, kontraktlar va logistika xizmati rahbari.

Beeline Uzbekistan haqida

Beeline Uzbekistan ("Unitel" MCHJ) 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab ushbu savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik soliq to‘lovchilardan biri bo‘lib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2,1 milliard AQSH dollari miqdorida soliq to‘lagan. 2 000 dan ortiq xodimga ega Beeline Uzbekistan Top Employer 2024 va 2025 sertifikatiga sazovor bo‘lgan.

Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. VEON 2006-yildan buyon O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,6 mlrd AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritgan.

VEON – 150 milliondan ortiq aloqa xizmati mijozlari va taxminan 120 million oylik faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan raqamli operatordir. Kompaniya dunyo aholisining 6% dan ortig‘i istiqomat qiladigan 5 mamlakatda faoliyat yuritadi va texnologiyalarga asoslangan xizmatlari orqali insonlarning hayotini o‘zgartirib, iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shmoqda. VEON bosh qarorgohi Dubayda joylashgan bo‘lib, aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi.  Batafsil ma’lumot www.veon.com

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
London va Shanhaydagi g‘alabalar: Beeline Uzbekistan xaridlar sohasida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi