Robotlar insonlar tomonidan yaratilgan aqlli mashina va qurilmalardir. Ular oddiy ishlardan tortib, murakkab vazifalargacha bajara oladi.

Masalan, uyda tozalash robotlari, zavodlarda ishlovchi sanoat robotlari va hatto kasalxonalarda tibbiy robotlar mavjud.

Bugungi kunda robotlar hatto sun’iy intellekt bilan jihozlanib, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lmoqda. Ular insoniyat hayotini yengillashtirib, ishlab chiqarish va xizmat sohalarida yangi imkoniyatlar ochmoqda. Kelgusida robotlar inson bilan hamkorlikda ishlaydigan va uyda do‘st bo‘lib xizmat qiladigan darajaga yetishi mumkin.

Xitoydagi ishlab chiqarish korxonalarida robotlar soni jadal ortgan. Xalqaro robototexnika federatsiyasi (IFR) ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy sanoat robotlari qo‘llanilishi bo‘yicha dunyoda yetakchilikni bermay kelmoqda. Xususan, avtomobil sanoatida robotlar qo‘llanishi 60% dan oshib ketgan.

Restoran, mehmonxona va savdo markazlarida robot-ofitsiantlar, robot-qo‘riqchilar keng tarqalgan. Masalan, Guanchjou va Shanxaydagi ayrim kafe va tezkor ovqatlanish nuqtalarida mijozlarga ovqat yetkazib beruvchi robotlar xizmat qiladi.

Pandemiya davrida Xitoy tibbiyot sohasida robotlardan foydalandi. Robotlar bemorlarni tashish, dezinfeksiya qilish, dori-darmon tarqatish va hatto masofaviy operatsiyalarda qo‘llanildi. O‘tgan 2024 yilda Pekinda tibbiy amaliyotlarni bajaradigan yangi avlod robotlari sinovdan o‘tkazildi.

Agrar sohada ham robototexnikadan foydalanilish keng yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, avtomatlashtirilgan urug‘ sepuvchi dronlar, hosil yig‘uvchi robotlar va aqlli suv berish tizimlari qishloq xo‘jaligida ish unumdorligini oshirmoqda. 

Bundan tashqari Xitoy mudofaa sohasida ham sun’iy intellekt va robototexnikaga katta e’tibor qaratmoqda. Masalan, haydovchisiz harbiy transport vositalari, dronlar va robot-kurtaklar (razvedka qurollari) ishlab chiqilmoqda. Bu mamlakatning strategik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, “Beijing Innovation Center of Humanoid Robotics Co., Ltd”. – 2023 yil noyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyda birinchi “to‘liq sikl” (full-stack) texnologiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya jismoniy ifodalangan sun’iy intellekt (embodied intelligence) robotlari uchun apparat va dasturiy ta’minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Unda dunyo bo‘yicha yetakchi mutaxassislar jamlangan bo‘lib, apparat va dasturiy ta’minotda to‘liq imkoniyatlarga ega. Kompaniya tomonidan taqdim etilgan “Embodied Tien Kung 1.0 LITE” to‘liq elektrda ishlaydigan, to‘liq miqyosdagi gumanoid robot dunyoda birinchi marta odamga o‘xshash yugurish harakatini amalga oshirdi.

2025 yil – “Tianyi 2.0” chiqarildi. U 35 erkinlik darajasiga ega bo‘lib, ikki qo‘lda birgalikda ishlay oladi. Navigatsiya, qabul qilish, xizmat ko‘rsatish, ob’ektlarni tashish kabi vazifalarni bajaradi. 2025 yil martda “HuiSi KaiWu” nomli jahondagi birinchi umumiy jismoniy ifodalangan intellekt platformasi taqdim etildi. U robotlarni turli turdagi holat va vazifalarga moslashtiradi. Mazkur kompaniya tomonidan tayyorlangan “Embodied Tien Kung” roboti dunyo gumanoid robotlar o‘yinlarida 100 metr masofada birinchi o‘rinni, 400 va 1500 metr masofalarda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni oldi.

Xitoyda ishlab chiqarilayotgan robotlar nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro miqyosda ham keng tarqalgan. O‘zbekistonda ham bu texnologiyalar so‘nggi yillarda muayyan tarmoqlarda qo‘llanila boshladi.

Xususan, Toshkent, Navoiy va Angren kabi sanoat markazlarida Xitoy texnologiyasi asosida ishlaydigan avtomatlashtirilgan stanoklar va robotlashgan liniyalar joriy etilmoqda. Bu, ayniqsa, avtomobil sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida Xitoy dronlari va aqlli texnikasidan foydalanishga e’tibor qaratmoqda. Paxta, g‘alla va bog‘dorchilikda urug‘ sepuvchi va dori sepuvchi dronlar ishlatilmoqda. Shuningdek, hosil yig‘ishda avtomatlashgan mashinalar ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Pandemiyada Toshkent va Samarqandda ayrim tibbiy muassasalarda ham Xitoy robotlari sinovdan o‘tdi. Ular dezinfeksiya, dori-darmon tarqatish va bemorlarga xizmat ko‘rsatishda samarali bo‘ldi. Shu bilan birga, masofaviy tibbiy xizmatlarda ham Xitoy texnologiyalari joriy etilmoqda.

Toshkentdagi ayrim restoran va ko‘rgazmalarda ham Xitoy robot-ofitsiantlari ishlatiladi. Ular mijozlarga ovqat yetkazib berish va mehmonlarni qarshi olish vazifalarini bajarmoqda. Turizm sohasida esa robot-gidlarni joriy etish rejalashtirilgan.

<iframe width="64" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-T2ViaKbeQo" title="Kelgusida robotlar insoniyatning eng yaqin do‘stiga aylanishi mumkin" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva,

 Iskandar Ismatov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusida robotlar insoniyatning eng yaqin do‘stiga aylanishi mumkin  (+video)