Vatanimiz tarixidagi 2 oktyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1864 yil (bundan 161 yil oldin) – general Mixail Chernyayev boshchiligidagi Rossiya imperiyasi qo‘shinlari Toshkentni egallash uchun hujum boshladi. Toshkent devori to‘plardan o‘qqa tutilganidan keyin podpolkovnik Obux ikki rota askari va to‘rtta to‘pi bilan hujumga o‘tib, devorning bir qismini teshishga erishdi. 

Rus askarlari podpolkovniklar Obux va Lerx boshchiligida shu joydan shaharga kirish uchun zovurni kechib o‘tishga harakat qildilar. Ammo Toshkent mudofaachilarining mardonavor qarshiligi tufayli rus askarlarining bu harakati sindirildi. Rus qo‘shinlari 72 zobit va askarlaridan ayrilib, Chimkentga chekinishga majbur bo‘ldilar. 

1866 yil (bundan 159 yil oldin) – general Nikolay Krijanovskiy Buxoro amirligiga qarashli O‘ratepa qal’asiga yurish qildi. Bu qal’ada 2,5 soatlar davomida qattiq jang bo‘ldi. Jangda barcha qariyalar, ayollar ham qatnashdilar. Bu harbiy jihatdan yaxshi ta’minlangai armiyaga hech qanday kuch emas edi. O‘ratepa bosib olinib, talon-taloj qilindi.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Turkiston Adliya komissarligi “Inqilobiy tribunallar to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizomni tasdiqladi. Nizom asosida o‘lkada jamoat oqlovchilari kollegiyasi tashkil qilindi. Amalda esa himoyachilar kollegiyasining ish yuritmaganligi sababli mahalliy aholi, asosan, sobiq imperiya advokatlari xizmatidan foydalanishda davom etdi.

1924 yil (bundan 101 yil oldin) – Butunxorazm xalk vakillarining beshinchi Qurultoyida Xorazmda milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish to‘g‘risida karor kabul kilindi.

1941 yil (bundan 84 yil oldin) – Toshkentdagi O‘rta Osiyo Bosh muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi) fondidan O‘rta Osiyo xonliklari sulolalariga oid 100 ga yaqin oltin, kumush tangalar, tilladan yasalgan zargarlik buyumlari, kumushdan yasalgan 40 ga yaqin noyob yodgorliklar – hammasi bo‘lib 5–6 kg tilla va kumush buyumlar hozirgi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimining ishtirokida Toshkentdan Rossiyaga olib ketildi.

1959 yil (bundan 66 yil oldin) – “xalq dushmani” deb qoralangan mashhur shoir, adib, ma’rifatparvar Ishoqxon Ibrat (1862–1937) oqlandi. Uning ko‘plab qo‘lyozmalari, hali tamomlab ulgurmagan asarlari, to‘plagan nodir qo‘lyozma va bosma kitoblarining barchasi 1937 yil 7 yanvar kuni Ichki ishlar xalq komissarligi xodimlari tomonidan to‘rtta qanor qopga joylanib tashib ketilgan, o‘zi esa xalq dushmani tamg‘asi ostida Andijon qamoqxonasiga olib ketilib, oradan ko‘p o‘tmay 75 yoshida vafot etandi.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Protokol imzolandi. 1996 yildan boshlab Toshkentda Ozarbayjon elchixonasi faoliyat yurita boshladi. Boku shahridagi O‘zbekiston elchixonasi esa 1998 yildan e’tiboran ish boshlagan. Shuni alohida qayd etish oizki, bu  ikki qardosh  halq  bir-biriga yaqin. Shu sababli ham ikki davlat o‘rtasida yaqin do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Islom Konferensiyasi Tashkiloti 1969 yil 25 sentyabrda Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tgan islom davlatlari sammitida tashkil etilgan. 2011 yil 28 iyunda tuzilma nomi Islom Hamkorlik Tashkiloti deb o‘zgartirilgan.

1997 yil (bundan 28 yil oldin) – Andijonda otashnafas shoir, istiqlol kuychisi Abdulhamid Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan shaharning Soy mavzesida Cho‘lpon bog‘i tashkil etildi. Bog‘ning markaziga uning haykali o‘rnatildi, ramziy qabri barpo etildi. Ayni paytda shoir muzeyi, ma’naviyat markazi ham faoliyat ko‘rsata boshladi. 

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 6 bob, 30 moddadan iborat.

2012 yil (bundan 13 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi va Kolumbiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro Mehnat Tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti to‘g‘risidagi 155-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981 yil 22 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonuni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi