Keyingi paytda mamlakatimizda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni qayta ishlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilyapti.

Bu jarayonda sohadagi hamkor mamlakatlar bilan tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Hindiston Atom energiya departamenti vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda shu haqda so‘z bordi.

Unda mezbon tomonidan vazirlik faoliyati, uning strategik maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan hamkorlikning istiqbollari, xususan, energetika xomashyosi sohasidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

O‘z navbatida, hindistonlik hamkorlar mamlakatlarimiz o‘rtasida uzoq yillardan buyon yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yuqori baholab, uni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladi. Shuningdek, delegatsiya vakillari hamkorlik ko‘lamini kengaytirish natijasida qimmatbaho, rangli va sanoat uchun muhim minerallar yo‘nalishlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Hindiston: mineral resurslar sohasida qo‘shma loyihalar muhokama etildi