Poytaxtimizda joylashgan “Olimpiya shaharchasi”da Sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov taniqli sumo kurashchisi, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha “Ginnesning rekordlar” kitobidan joy olgan Xakuxo Syo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida sumo sport turini mamlakatimizda ommalashtirish va rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalar muhokama qilindi.

Aytish lozim, sumo sport turi Yaponiyaning milliy qadriyatlardan biri sanaladi. Mazkur sport turi ikki kurashchining yumaloq maydondagi raqobatida ulardan qay biri eng kuchli ekanligini aniqlaydigan jang san’ati turi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozim, sumo sport turi mamlakatimizda rivojlantirilayotganiga ko‘p muddat bo‘lmagan bo‘lsa-da, mamlakatimiz vakillari jahon arenalarida munosib natijalarga erishib kelmoqda.

Xususan, joriy yilning 15-16 iyun kunlari Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston sumochilari 4 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Muloqot jarayonida ishtirok etgan Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchixonasi faxriy konsuli Sodonov Behbat, O‘zbekiston sumo federatsiyasi raisi Kamol Usmonov va boshqalar ushbu sport turi bo‘yicha yurtimizda tashkil etiladigan  turnirlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ginnesning rekordlar” kitobidan joy olgan taniqli sumochi Toshkentda