1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan Navbahor tumanidagi Madaniyat markazida tantanali tadbir tashkil etildi.

Azal-azaldan ustoz va murabbiylarga e’zoz va hurmat ko‘rsatilib, millatni yuksaltiruvchisi, komil avlodning bog‘boni sifatida qaralib kelingan. 

Tadbirda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda юртимизда ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida o‘qituvchi va murabbiylik kasbi tom ma’noda qadr va e’zoz topmoqda. Ko‘plab ilm dargohlari ta’mirlanib, ularning qatoriga yangilari qurilmoqda hamda foydalanishga topshirilmoqda. 

Albatta, ta’lim tizimida mehnat qilib kelayotgan yurtdoshlarimizning faoliyatiga katta e’tibor qaratilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanyapti. Zero, ularning kelajagimiz vorislariga berayotgan ta’lim-tarbiyasi yurt taqdirini belgilab beradi.

Tadbirda O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi va partiyaning tuman Kengashi xodimlari soha vakillarini bayram bilan tabriklab, ularga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

 Bu kabi bayram tadbirlari hududlar bo‘ylab ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharafli kasb egalariga ehtirom ko‘rsatilmoqda