Joriy yil 21 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va homiylik faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Hayotjon Qilichev qonun bilan joriy etilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi: 

– Endilikda davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan NNTlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda jamoatchilik nazorati sub’ektlari tomonidan jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra tayyorlangan yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 239-moddasida belgilangan NNTlarning faoliyatini amalga oshirish tartibini buzishga oid sanksiyalar miqdorlari sezilarli darajada kamaytirildi.

Bir kalendar yilida bank hisob-varaqlarida pul aylanmasi mavjud bo‘lmagan fond uchun ushbu kalendar yilda o‘z faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi belgilandi.

Qonun bilan “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunga homiylik tashkilotlari, ya’ni NNTlar, homiylikni amalga oshiruvchi va homiylik oluvchi yuridik shaxslar tomonidan homiylik xayriyalarini naqd, naqdsiz va mol-mulk shaklida yig‘ishning aniq tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Ushbu yangi o‘zgarishlar 2025 yil 23 noyabrdan kuchga kiradi.

Xususan, homiylik xayriyalarini naqd pul shaklida yig‘ish faqat xayriya qutisi yordamida yoki homiylik tashkilotlari, homiylikni amalga oshiruvchi yoki oluvchi yuridik shaxslarning bank hisob-varaqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Homiylik xayriyalari mol-mulk shaklida yig‘ilgan taqdirda qabul qilib olingan mol-mulk ro‘yxati shakllantirilib, uning turi, miqdori (hajmi) ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi.

Homiylik xayriyalarini yig‘ish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayonlar boshlanishi va yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda tegishli ma’lumotlar e’lon qilinadi va soliq hisobotlarida aks ettiriladi.

Jismoniy shaxs homiylik xayriyalarini faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshlari uchun o‘z bank hisob-varaqlariga yoki shaxsiy bank kartasiga pul o‘tkazish orqali, naqd pul yoki mol-mulk shaklida yig‘ishga haqli. Ko‘ngillilar homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab, homiylik xayriyalarini yig‘ishga faqat e’lon berish orqali ko‘maklashadi. 

Bunda, homiylik xayriyalarini yig‘ish homiylik oluvchi jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari nomlariga ochilgan bank hisob-varaqlariga yoki shaxsiy bank kartalariga pul o‘tkazish orqali yoki ularga bevosita naqd pul (mol-mulk) berish orqali, shuningdek homiylik oluvchi yuridik shaxslarning bank hisob-varaqlariga pul mablag‘larini o‘tkazish yoki ularga mol-mulk berish orqali amalga oshiriladi.

Xayriya qutisi tushunchasi, uni o‘rnatish va undan foydalanish tartibi belgilandi. Xususan, xayriya qutisi faqat homiylik tashkilotlari, homiylikni amalga oshiruvchi yoki oluvchi yuridik shaxslar tomonidan o‘rnatiladi. Xayriya qutisi naqd pul shaklidagi xayriyalarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan shaffof idish, uni ochish joyi vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan, muhrlangan yoki plombalangan bo‘lishi kerak. Xayriya qutisida homiylik xayriyalarini yig‘ish maqsadi, uni o‘rnatgan yuridik shaxs haqidagi ma’lumotlar aks ettirilishi kerak. Xayriya qutisini o‘rnatish ko‘chmas mulk egasi yoki u vakolat bergan shaxs va homiylik tashkiloti, homiylikni amalga oshiruvchi yoki homiylik oluvchi yuridik shaxs o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xayriya qutisini ko‘chmas mulk hududida saqlash shartlari shartnomada ko‘rsatiladi. Xayriya qutisidagi yig‘ilgan pul mablag‘lari xayriya qutisi to‘lganda, to‘plangan mablag‘lardan foydalanish ehtiyoji yuzaga kelganda yoki homiylik xayriyalarini yig‘ish muddatlari tugaganda olinadi.

Xayriya qutisini ochish, xayriyani hisoblash jarayoni xayriya tashkilotchisining vakolatli vakili va kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi va bu jarayonlar videoyozuvga olinadi. Tegishli dalolatnoma tuziladi va undagi ma’lumotlar bir kun muddatda ommaviy axborot vositalarida yoki ularning rasmiy veb-saytida yoxud ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jamoatchilikka e’lon qilinadi. Xayriya qutisidagi mablag‘lar u ochilgan kunda yoki keyingi ish kuni ichida tegishli bank hisobraqamiga kirim qilinadi.

Shu bilan birga, yuqorida ta’kidlangan tartib qoidalarni, xususan, homiylik xayriyalarini yig‘ish va xayriya qutisini o‘rnatish va undan foydalanish tartibini buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda javobgarlik belgilandi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi qonun: homiylik xayriyalarini yig‘ish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi