Hammaga ma’lum va mashhur “YouTube” AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan sud jarayonini to‘xtatish uchun 24,5 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Trampning akkaunti 2021 yil 6 yanvar kuni yuz bergan Kapitoliy bosqinidan so‘ng to‘xtatilgach, milliarder platformani siyosiy tarafkashlikda ayblab, da’vo arizasi bergan edi.

Kelishuv shartiga ko‘ra, "Google" korporatsiyasining bosh kompaniyasi - "Alphabet"  22 million dollarni Oq uy uchun yangi zal qurishni moliyalashtirayotgan “Trust for the National Mall” jamg‘armasiga o‘tkazadi. Qolgan 2,5 million da’voga qo‘shilgan boshqa tashkilot va shaxslar, jumladan “American Conservative Union”ga to‘lanadi.

“YouTube” shu yil Tramp bilan kelishishga majbur bo‘lgan uchinchi yirik platforma. Yanvarda Meta (Facebook) 25 million, fevralda X (Twitter) 10 million dollardan Amerika yetakchisi foydasiga kechgan.

Ayni payt Trampning barcha ijtimoiy tarmoq sahifalari tiklangan. Tahlilchilar fikricha, bu jarayon Silikon vodiysi va Respublikachilar partiyasi o‘rtasidagi munosabatda yangi davr boshlanganidan darak bermoqda.

“YouTube” ham o‘z navbatida platformadagi kontent nazoratini yumshatib, ilgari cheklangan ayrim akkauntlarni ochishini ma’lum qildi. Kompaniya Respublikachilar nazoratidagi Kongress qo‘mitasiga yuborgan maktubida, jumladan, shunday yozgan: "YouTube" konservativ tanlovni qadrlaydi va bu ovozlar fuqarolik muloqotida muhim o‘rin tutishini tan oladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“YouTube” Trampga 24,5 million dollar to‘laydi