Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati jamoasi umumta’lim maktablarida bo‘lib, o‘qituvchi va murabbiylarni samimiy tabrikladi.

Bayram arafasida tashkil etilgan tadbir davomida ta’kidlanganidek, ustoz – bu nafaqat bilim, balki nur taratuvchi, inson qalbiga ezgulik urug‘ini ekib, jamiyatga yetuk avlodni voyaga yetkazuvchi muqaddas zotdir.

Har bir inson hayot yo‘lida o‘ziga ilk harfni o‘rgatgan, hayot mazmunini anglatgan ustozni hurmat bilan yodga oladi. Zero, ustozlar mehnati eng mashaqqatli, ammo eng sharafli kasb egalari sifatida doimo yuksak e’tirofga sazovordir.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda uning hududiy tashkilotlari mamlakatimizda aholining huquqiy bilimini oshirish, iste’mol madaniyatini rivojlantirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik natijasida joylarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishilmoqda.

Jamiyat tomonidan ustoz va murabbiylarga sovg‘alar topshirilib, ularga ezgu tilaklar bildirildi. Ushbu e’tirof – bu ustoz mehnatining beqiyosligiga bo‘lgan ehtirom, avlod tarbiyasida ularning tutgan o‘rni naqadar muhim ekanining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi