Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir.

Qutlug‘ ayyom arafasida ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan, zahmatkash o‘qituvchi va murabbiylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, mashaqqatli mehnatlari e’zozlanmoqda.

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilgan bayram tadbirida ham qadri baland ustozlar yana bir bor e’tirof etildi.

Tadbirda Olmaliq politexnikumi, Olmaliq kon-metallurgiya texnikumi, Olmaliq davlat texnika instituti, MTTU MISiS Olmaliq filiali o‘qituvchilari, OKMKning Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi xodimlari, Sport va san’at, to‘garaklar murabbiylari, Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi vakillari, o‘qituvchilar, kombinat O‘quv markazi va Muhandislik maktabi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning innovatsion ishlanmalariga oid ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Tadbirda so‘z olgan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov ustozlarni samimiy muborakbod etib, bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida aziz o‘qituvchilarga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganini ta’kidladi. OKMK tomonidan Olmaliq shahrida bog‘chalar, maktablar, texnikumlar va oliygohlar, muhandislik maktabi hamda o‘quv markazi ishtirokida ta’lim klasteri shakllanganini qayd etib o‘tdi.

Sana munosabati bilan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining buyrug‘iga ko‘ra, 6 nafar soha vakili Faxriy Yorliq bilan, 18 nafari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, mamlakatimiz va jahon sport arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan kombinat sportchilarining murabbiylari ham e’tirof etildi.

“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ma’lumot uchun bugungi kunda OKMK Ijtimoiy obe’ktlar boshqarmasi tarkibidagi 15 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida 405 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, shahrimizdagi davlat va nodavlat maktablarda, maktagacha ta’lim tashkilotlarida 2,5 ming nafardan ziyod o‘qituvchi, mingga yaqin tarbiyachilar bolalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Shuningdek shahrimizdagi oliygohlarda ham 253 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga bilim berib kelishayapti.

OKMK Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: Ta’lim fidoyilari e’tirof etildi