Rossiya armiyasi 28 sentyabr kuni Ukrainaning qator shaharlariga aviazarbalar berdi. Hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq odam jarohatlandi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi. Rossiya salkam 500 ta dron va 40 ta raketa uchirgan, ular orasida “Kinjal” raketalari ham bor. Asosiy zarba Kiyevga qaratilgan bo‘lib, hujum oqibatida yettita kvartal zarar ko‘rgan.

BMT sanksiyalarni qayta joriy qilgani ortidan Eron Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi mumkin. Bu haqda Euronews xabar berdi. Qayta joriy etilgan BMT sanksiyalari Eronning xorijdagi aktivlarini muzlatish, Tehron bilan qurol savdosini taqiqlash, ballistik raketa dasturidagi har qanday rivoj uchun jazolash va boshqa choralarni o‘z ichiga oladi.

Jahon bozorida oltin narxi rekord darajaga yetib, bir unsiyasi (taxminan 28 gram) 3 812 dollarga baholanmoqda. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi. Bu ko‘rsatkich oltinning tarixiy maksimumi bo‘lib, so‘nggi 6 hafta ichida uzluksiz o‘sishni namoyon etmoqda. Shuningdek, kumush 2,4 foizga oshib, 46,75 dollarni tashkil etmoqda — bu 2011 yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

Xitoy va Shimoliy Koreya xalqaro maydondagi gegemonizm va biryoqlamalikka qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Mazkur bayonot AQSH bilan mavjud qarama-qarshiliklarga ishora sifatida talqin qilinmoqda.  

Isroil armiyasining qamal ostidagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida 2023 yil 7 oktyabrdan buyon halok bo‘lgan falastinliklar soni 66 050 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Anadolu xabar berdi. Hududga uyushtirilgan bombardimonlarda 27 va 28 sentyabr kuni kamida 79 kishi halok bo‘lgan, yana 379 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasi 2024 yil 18 mart kuni HAMAS bilan 19 yanvarda erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni buzgan. Shundan buyon amalga oshirilgan hujumlar 13 137 falastinlikning umriga zomin bo‘lib, 56 121 kishi jarohatlangan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZnpNidtslDQ" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest