O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialida bo‘ldi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, talabalarning turmush va ta’lim sharoitlari hamda ilmiy-amaliy izlanishlari bilan yaqindan tanishdi.

Vazir avvalo filialda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Issiqlik tizimlarining yangilanishi, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan amalga oshirilgan choralar yuzasidan ma’lumot oldi. Shu bilan birga, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalari, axborot resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari bilan ham tanishdi.

– Qo‘ng‘irotboy Sharipov ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish, talabalarning startap va innovatsion g‘oyalarini rivojlantirishga keng imkoniyat yaratish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, yotoqxonalardagi qulayliklar, ma’naviy muhit va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlariga yuksak baho berdi. Bu biz uchun ishonch va yangi marralar sari intilish demakdir, – dedi Zafar Hakimov.

Uchrashuv chog‘ida vazir talabalarning startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarning yangi g‘oyalarga intilishi, izlanish va yangilik yaratishga bo‘lgan sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi.

Shu kuni vazir O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida tashkil etilgan “Shenyang” til o‘rganish akademiyasida ham bo‘lib, talabalarning zamonaviy metodika asosida ta’lim olayotganini kuzatdi. Bu jarayon ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlayotgani qayd etildi.

Shuningdek, yaqinda foydalanishga topshirilgan 560 o‘rinli zamonaviy talabalar turarjoyi ham ko‘zdan kechirildi. Qulay arxitektura, zamonaviy jihozlangan xonalar, oshxona va sanitariya sharoitlari, “Ma’naviyat burchagi” kabi imkoniyatlar yuqori baholandi. Yong‘in xavfsizligi vositalari va evakuatsiya yo‘laklarining xalqaro talablarga javob berishi ham e’tirof etildi.

Tashrif doirasida vazir talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Yoshlar yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirish bilan birga, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha o‘z taklif va fikrlarini ham bayon etdilar.

Safar yakunida vazir filialning “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarni yaqinlashib kelayotgan 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan tabrikladi hamda   ularning yoshlar tarbiyasidagi xizmatlarini yuksak baholadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir talabalar o‘qishi va yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi