Amaliy islohot, oqilona siyosat, ochiq va pragmatik tashqi siyosat, ilg‘or tashabbus va natijalar bugun O‘zbekistonning dunyo sahnidagi o‘rnini mustahkamlab, xalqaro maydonda yuksak ishonch hissini uyg‘otmoqda, yuqori doira vakillarining e’tiborini o‘ziga jalb etayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi va unda ilgari surgan tashabbuslari hamda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in kutib olinmoqda.

Dunyo media maydonidagi eng yirik gazeta va jurnallar, telekanallar, yetakchi internet nashrlari, ulkan moliyaviy tuzilmalarning veb-sahifalarida Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridagi tashabbuslari hamda Donald Tramp bilan yuzma-yuz uchrashuvi, yirik kompaniyalar bilan ko‘plab kelishuv va shartnomalarga erishilgani haqida keng formatdagi materiallar, tahlillar, mulohazalar berilmoqda. 

Bu bejiz emas. Chunki O‘zbekiston yetakchisi har gal BMTdagi chiqishlarida ham mintaqa, ham global miqyosdagi eng dolzarb masala va muammolar yuzasidan ilg‘or tashabbuslarni bayon qiladi. Eng quvonarlisi, bu tashabbuslar BMT va unga a’zo davlatlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Buni O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilingani misolida ham ko‘rish mumkin. 

Bu gal ham davlatimiz rahbari dunyo minbaridan turib, ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, tinchlik va xavfsizlik masalalariga oid global tashabbuslarni taqdim etdi. Masalan, ekologiya yo‘nalishidagi tashabbuslar mohiyatiga nazar solsak, alohida e’tiborga sazovordir.

Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston rahbari bugun ekologik muammolarning global tus olayotgani va keskinlashib borayotgani vajidan BMT Bosh Assambleyasidagi har bir chiqishida ekologik masalalarga, albatta, to‘xtalib o‘tgan. Masalan, Assambleyaning 75-sessiyasidagi nutqida Orolbo‘yi mintaqasini “ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” deb e’lon qilish va BMT maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgan bo‘lsa, 2021 yil bo‘lib o‘tgan 76-sessiyasida iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikning yo‘qolishi va atrof-muhitning ifloslanishi masalalariga to‘xtalib, 2030 yilgacha energiya samaradorligini ikki baravar oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish va atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish takliflarini ilgari surgan edi. 

O‘zbekiston yetakchisi Bosh Assambleyaning 80-yubiley sessiyasida ham ekomuammolar xavfiga alohida to‘xtaldi. Bu borada YUNIDO bilan sanoatda “yashil” texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil etish, mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, “yashil” makon barpo etish hamda demografik barqarorlikka erishish bo‘yicha dasturlar qabul qilish, iqlim migratsiyasi kuchayib borayotgan sharoitda ushbu yo‘nalishda aniq xalqaro mexanizmlar va huquqiy baza hanuzgacha yaratilmaganini hisobga olib, bu jiddiy masalada keng xalqaro sheriklik va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish bo‘yicha Global pakt qabul qilish tashabbuslari bilan chiqdi. 

Mamlakatimizda Orolbo‘yi ekotizimini qayta tiklash bo‘yicha ishlar izchil davom etayotganini, so‘nggi yillarda dengizning qurigan tubida 2 million gektar maydonda sho‘rga chidamli cho‘l o‘simliklari ekilgani, 2030 yilgacha ushbu hududning 80 foiz qismida yashil qoplamalar hosil qilinishini qayd etdi. 

Prezidentimiz ilgari surgan “Yashil” makon barpo etish bo‘yicha dasturlar qabul qilish tashabbusi Yer sayyorasida keskinlashib borayotgan cho‘llanish, iqlim o‘zgarishi, haroratning oshib borishi kabi bir qator ekologik muammolar yechimida dolzarb o‘rin tutadi. 

Tahlillarga ko‘ra, bugungi sharoitda dunyoda 1 yil davomida 13 million gektar o‘rmon yo‘q bo‘lib ketyapti. 550 million aholi cho‘l hududlarda yashaydi. Har daqiqada o‘nlab kvadrat metr yerlar cho‘llarga aylanmoqda. Bir tomondan insoniyat ta’siri, bir tomondan esa iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan bu muammoni bartaraf etish uchun esa, albatta, yashil qoplamalarni ko‘paytirish, yashil hududlar ko‘lamini kengaytirish eng maqbul yechimdir.     

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari dunyo jamoatchiligi e’tiborini yana bir muhim global muammo – suv tanqisligi masalasiga qaratdi. Dunyoning  2 milliarddan ortiq aholisi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bugungi sharoitda mamlakatimizda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumini o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. 

Albatta, suv taqchilligi va inqirozi har bir mamlakat va aholi uchun, har bir sohaning barqaror taraqqiyoti uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Ana shunday sharoitda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, bu borada innovatsiya texnologiyalarini keng joriy etish dolzarb ahamiyatga ega. Shunday ekan, yurtimizda suvni tejash bo‘yicha jahon forumi o‘tkazilishi O‘zbekistonning ushbu o‘tkir global muammoga nisbatan mas’uliyatini namoyon etishi barobarida dunyo davlatlari, xalqaro tashkilot va tuzilmalar e’tiborini yagona platformada jamlagan holda bu borada amaliy va samarali rejalar ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishida tashabbuskor bo‘lishiga zamin yaratadi. 

Umuman, O‘zbekistonning BMT sessiyasidagi ovozi, global ko‘lamdagi tashabbuslari butun insoniyatga daxldor masalalar sifatida ahamiyatlidir. 

Xorijda yangi O‘zbekistonning ichki islohotlariga nisbatan ishonch va e’tibor, hamkorlikka intilish Nyu-Yorkka tashrif davomida yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Ya’ni, davlatimiz rahbarining AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi, Amerikaning ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvi hamda erishilgan kelishuvlar ko‘lami mamlakatimizga nisbatan, yurtimizdagi islohotlarga nisbatan ishonchdan darak beradi.

Nyu-Yorkka tashrifning birinchi kunidayoq 16 ta uchrashuv tashkil etilib, ularda AQSHning eng yirik kompaniya va tashkilotlari rahbarlari Prezidentimiz bilan muloqot qildi va millionlab dollar miqdorida shartnomalarga erishildi. O‘zbekiston bozoriga kirish, investitsiya kiritish istagidagi ishbilarmonlar, Amerika kompaniyalari bilan shartnomalar ko‘lami keng, kelishuvlar cho‘g‘i yuqori bo‘ldi – 100 milliard dollardan ortiq shartnomalar tuzilganini tarixiy natija deyish mumkin. 

Bu O‘zbekiston iqtisodiyoti ravnaqiga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi. Sanoat va ishlab chiqarish jarayonini yuksaltiradi, tezlashtiradi. Yangi tovar va mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Qo‘yingki, O‘zbekistonning dunyoning eng gigant davlati bilan hamkorligi, yaqin va iliq munosabati mamlakat iqtisodiyoti ravnaqida alohida sahifa ochadi. 

Eng muhimi, davlatimiz yetakchisining ushbu tashrifi davomidagi samarali kelishuvlar, manfaatli shartnomalar xalqimizni, mamlakatimizni boy qilishga, kambag‘allik o‘chog‘ini yo‘q qilishga xizmat qilishi bilan e’tiborlidir. 

Qolaversa, bunday kelishuvlar – xorijiy davlatlar ham ortga qaytmas islohotlar boshida turgan O‘zbekistonning istiqbolini ko‘ra olayotgani, ishonch bildirayotgani, mamlakatimiz bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanligini namoyon etadi. Iqtisodiyotda o‘z qobig‘iga o‘ralgan, turli qora ro‘yxatlarda turgan davlat emas, balki dunyoga ochilayotgan, jadal rivojlanib borayotgan, faol hamkorliklarni ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yayotgan Yangi O‘zbekistonni ko‘rayotganidan dalolatdir. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo sahnida ishonch va e’tibor qozonayotgan Yangi O‘zbekiston