Dunyo bo‘ylab tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlarga va xavf omillarini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, kelgusi chorak asrda saraton kasalligidan o‘lim holatlari keskin ortishi kutilmoqda. Bu haqda “The Lancet” jurnalida e’lon qilingan global hisobotda so‘z boradi.

Hisobotga ko‘ra, 2050 yilga kelib saraton kasalligidan 18,6 million kishi vafot etishi mumkin. Bu ko‘rsatkich 2023 yilgi raqamga nisbatan deyarli 75 foizga yuqoridir. Shu davrda saratonning yangi holatlari ham 60 foizdan ko‘proqqa ortib, 30,5 millionga yetishi prognoz qilinmoqda.  

Saraton bilan bog‘liq yukning asosiy sabablari sifatida aholining qarishi va o‘sishi ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, kam daromadli mamlakatlar bu holatdan eng ko‘p zarar ko‘rishi ta’kidlanmoqda.  

Kasallikning oldini olish mumkin bo‘lgan sabablari  

Saraton bilan bog‘liq o‘limlarning 40 foizdan ortig‘i oldini olish mumkin bo‘lgan 44 ta xavf omiliga bog‘liq.  

Xususan:  

Erkaklar orasida o‘limning 46 foizi: chekish, spirtli ichimliklar, zararli ovqatlanish, kasbiy xavflar, havo ifloslanishi.  

Ayollar orasida o‘limning 36 foizi: tamaki, xavfli jinsiy aloqa, noto‘g‘ri parhez, semizlik, yuqori qon bosimi.  

Eng ko‘p zarar ko‘ruvchilar – kam daromadli mamlakatlar aholisi

Tadqiqotda 204 mamlakatda 47 xil saraton turi o‘rganilgan. Prognozlarga ko‘ra, 2050 yilda yangi saraton holatlarining yarmidan ko‘pi, o‘limlarning esa uchdan ikki qismi aynan kam daromadli davlatlarda kuzatiladi.  

Nepallik tadqiqotchisi Meghnath Dhimal bu holatni “yaqinlashib kelayotgan sog‘liqni saqlash inqirozi” deb baholagan.  

Shunga qaramay, ilm-fan sohasida ham umidbaxsh yangiliklar mavjud. Masalan, Buyuk Britaniyadagi Uorik universiteti olimlari yaqinda olmos asosidagi yangi datchik yordamida metastazlarni aniqlash usulini ishlab chiqqani haqida xabar berilgan. Bu usul avvalgilariga qaraganda xavfsizroq va aniqroq bo‘lishi mumkin.  

Mutaxassislar mamlakatlarni, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimi zaif bo‘lgan hududlarni, saratonning oldini olish va erta tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirishga chaqirmoqda.  

“Saratonni nazorat qilish uchun har bir mamlakatda iqtisodiy jihatdan samarali choralar mavjud,” — deydi doktor Teo Vos, tadqiqot mualliflaridan biri.  

Saraton xavfini kamaytirish uchun global darajada sa’y-harakatlar kuchaytirilmasa, yaqin kelajakda bu kasallik eng asosiy o‘lim sabablaridan biriga aylanib qolishi mumkin.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/mZNpA7TRLiI?si=vaPA4zeGP2SHiQis" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saraton kasalligi xavfi oshib bormoqda