Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida bugun “Dinamo” – “Sho‘rtan”, “Paxtakor” – “Surxon” klublari o‘zaro raqobatlashadi.

Samarqand shahrida o‘tadigan “Dinamo” va “Sho‘rtan” uchrashuvi soat 19:00 da start oladi. Uchrashuvni Xushnud Suyunboyev bosh hakam sifatida o‘tkazadi. Ayni damda mezbon jamoa liga jadvalida 38 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. “Sho‘rtan” esa bor-yo‘g‘i 12 ochko jamg‘arib, so‘nggi pog‘onadan joy olgan.

Bugungi kun uchrashuvlarining markaziy o‘yini “Paxtakor” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lishi shubhasiz. Hozirda poytaxt jamoasi 40 ochko bilan chempionatda 4-pog‘onaga joylashgan bo‘lsa, “Surxon” 25 ochko to‘plab, 11-o‘rinda qayd etilgan. Uchrashuv “Jar” stadionida soat 19:00 da start oladi. Xo‘sh, o‘zaro o‘yinlar statistikasi qanday, ustunlik kim tomonda?  

“Paxtakor” – “Surxon” klublari o‘zaro 37 ta uchrashuvda maydonga tushgan.  Ularning 27 tasida "Paxtakor", 7 tasida "Surxon" zafar quchgan. Uch marta durang natija qayd etilgan. O‘zaro bahslardagi eng yirik natija 2004 yilda kuzatilgan. O‘shanda “Paxtakor” termizliklarni 8:0 hisobida dog‘da qoldirgan.

Darvoqe, kuni kecha Superliganing 23-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon” – “Bunyodkor” bellashuvi 2:2 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur bahsdagi gollarga Amir To‘raqulov, 40 (0:1), Asliddin Toshtemirov, (1:1), Abror Karimov, 73 (2:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 88 (2:2) mualliflik qildi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: Toshkent va Samarqandda katta futbol oqshomi