IQTIBOS

“Biologic International LLC” kompaniyasi boshqaruvchi sherigi Keshav Rajpal ijtimoiy tarmoq orqali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan O‘zbekiston – AQSH davra suhbati doirasida mamlakatimiz Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (UFRD) bilan 2 ta o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Keshav Rajpal, “Biologic International LLC” kompaniyasi boshqaruvchi sherigi:

– UFRD ikki tashabbus – tabiiy kapital va barqaror taraqqiyot jamg‘armasi – “Equiterra Capital” va sun’iy intellekt ekotizimidagi startaplarga yo‘naltirilgan “Talos Capital” jamg‘armasini ishga tushirishda asosiy me’yoriy sherik sifatida ishtirok etadi. Hamkorlik uchun UFRD jamoasiga, xususan mamlakatdagi maslahatchilarga minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston haqiqatan biznes, innovatsiya va uzoq muddatli investitsiya uchun ochiq mamlakat.

Ma’lumot o‘rnida:

  • UFRD – 2006 yil O‘zbekistonda ustuvor tarmoq loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan, mamlakatimizdagi eng yirik davlat jamg‘armasi.
  • Joriy yil sentyabr oyida “Talos Capital” Toshkentda sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha davlat idoralari, IT Park va boshqa tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazgan.
  • Avvalroq “Biologic International” bilan biologik yonilg‘i, biologik o‘g‘it va oziq-ovqat mahsulotlari yo‘nalishlarida loyihalar amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ljBb8nZnDt4?si=h5OAzNHMisaMYop2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abduaziz Xidirov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keshav Rajpal: O‘zbekiston – biznes, innovatsiya va uzoq muddatli investitsiya uchun ochiq mamlakat