III MDH o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 23 ta sport turi bo‘yicha Ozarbayjonning 7 ta shahrida tashkil etiladigan musobaqalarda 13 ta mamlakatning 1 ming 624 nafar sportchisi 246 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

O‘yinlarda Ozarbayjonning 340 nafar sportchisi qatnashish talabnomalarini taqdim etgan bo‘lsa, Pokiston - 4, Rossiya - 262, O‘zbekiston - 254, Belarus - 240, Qozog‘iston - 147, Tojikiston - 144, Qirg‘iziston- 126, Turkmaniston - 48, Turkiya - 38, Kuba - 11, Quvayt - 6, Ummon  davlatining 4 nafar sportchisi III MDH o‘yinlarida g‘oliblikka da’vogarlik qiladi.

Kecha o‘yinlar oldidan Ozarbayjonga yetib borgan O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov raisligida  zoom platformasi orqali sport turlari bo‘yicha mamlakatimiz sport federatsiyalari rahbarlari va murabbiylar ishtirokida musobaqalarga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Muloqot davomida Ozarbayjonga yetib borgan sportchilarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar, musobaqalar oldidan tashkil etiladigan mashg‘ulot tizimi, ularning kayfiyati, salomatligini asrash, ruhiy muvozanatini mustahkamlash, bahslarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash kabi masalalar xususida fikr yuritildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, III MDH o‘yinlari 8 oktyabrga qadar davom etadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Ozarbayjonda III MDH o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi