Yangi O‘zbekiston bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki jahon hamjamiyatida ham faol va ishonchli hamkor sifatida tan olinmoqda. Yurtimizdagi  islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga oid  siyosat va barqaror rivojlanish strategiyasi xalqaro maydonda tobora katta e’tibor qozonmoqda. Mustaqillik yillarida davlatimiz tashqi siyosatda ochiqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lini tanlab, xalqaro tashkilotlar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan uzviy hamkorlikni strategik yo‘nalish sifatida belgilab oldi.

2025 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Bosh Assambleyaning 80-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqi orqali mamlakatimizning dunyo miqyosidagi nufuzi va roli yana bir bor yorqin namoyon bo‘ldi. Mazkur tarixiy chiqish nafaqat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, balki jahonda tinchlik, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlikka doir muhim g‘oyalarni ilgari surishi bilan ham ahamiyatlidir.

Ushbu ma’ruzaning mazmun-mohiyatini tadqiq etish, unda ko‘tarilgan dolzarb masalalarni aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimdir. 

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi va BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhammedov kirish so‘zi bilan ochib berishdi. 

– Xalqaro maydonda Yangi O‘zbekistonning nufuzi va obro‘si kun sayin ortib bormoqda, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov. – Bu, avvalo, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi, chuqur tafakkuri va oliy g‘oyalarni ilgari surishi bilan bevosita bog‘liq. 

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida mamlakatimiz yetakchisini alohida e’tirof etgani e’tiborga molikdir: 

“Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur”. 

Dunyoning yetakchi davlati rahbarining bunday samimiy so‘zlari mamlakatimiz, xalqimizga berilgan munosib baho, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Yubiley xarakterga ega BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar bugungi anjumanga ilmiy-ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu chiqish nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa va jahon miqyosida katta qiziqish uyg‘otdi. 

Davlatimiz rahbari BMT minbaridan buyuk ajdodlarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiyning ilmiy-ma’naviy merosini alohida e’tirof etdi. Zero, bugungi dunyoda ma’rifat, bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarini jahon hamjamiyatiga yetkazishning dolzarbligi ortib bormoqda.

– Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida davlatimiz rahbari bugungi kunda dunyo miqyosida dolzarb masalalar bo‘yicha nutq so‘zladilar, – dedi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar.

– Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, afg‘on xalqiga ko‘mak berish, xavf-xatarlarga qarshi kurashish, dunyoda kambag‘allikka barham berish, ekologiya, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratdilar. Bu nafaqat musulmon ummatini, balki butun bashariyatni o‘ylantirayotgan masalalardir. Ma’lumki, dunyoning turli mintaqalaridagi qurolli mojarolar tinchlik va osoyishtalikka jiddiy putur yetkazmoqda. Bunday nizo va to‘qnashuvlar begunoh insonlar, keksalar, ayollar va bolalarning halok bo‘lishiga olib kelmoqda. Aynan shu sababli Prezidentimiz o‘z nutqida Afg‘oniston va G‘azo muammolarida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini bildirdilar. Bunda, qo‘shni Afg‘onistonni yordamsiz qoldirmaslik, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘mak berish muhimligini ta’kidladilar. Bu esa mintaqa barqarorligi va osoyishtaligiga xizmat qiladi, insha Alloh.

Ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston BMTning teng huquqli va to‘laqonli a’zosi sifatida O‘zbekiston tenglik, hamkorlik, ko‘p tomonlamalik va xalqaro siyosiy tizimni himoya qilish prinsiplariga so‘zsiz rioya etishini ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov “Prezidentimizning BMT minbaridan yangragan har bir so‘zi – millatimizning ovozi, iftixori va sharafidir. Bu so‘zlar – O‘zbekistonning global barqarorlikka masu’liyatli yondashuvining ifodasidir. Biz uchun bu – g‘urur, avlodlar uchun esa ibrat”, deya o‘z fikrini bildirdi.

Mamlakatimiz BMTning teng huquqli a’zosi sifatida uning maqsad va vakolatlariga qat’iy rioya etadi. O‘zbekiston o‘z ovozi va maqomidan foydalanib, Bosh Assambleyaning 80-yubiley sessiyasida ham tashkilot faoliyatining turli sohalariga doir o‘ta muhim va dolzarb yangi tashabbuslarni ilgari surdi. 

– O‘zbekiston Prezidentining BMT minbaridagi chiqishini katta qiziqish bilan kuzatdim, - dedi iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, xitoylik olim Peng Xinge. – Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetganini ta’kidladi. Bugun O‘zbekistonda o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzi tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, mazkur chiqish yurtingizda nishonlanayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida bo‘lgani yana bir e’tirofga arzigulik voqea. O‘zbekiston Prezidenti BMTning yubiley sammitida pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etganini alohida ta’kidlamoqchiman. O‘ylaymanki, O‘zbekistonda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimidagi islohotlar yaqin istiqbolda o‘z mevasini beradi.

Konferensiya yakunida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha umumiy xulosalar qilindi. Bu kabi ilm anjumanlari soha rivoji uchun foydali bo‘lishi e’tirof etildi. 

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi