Bolalarning sog‘lom o‘sishi va kamol topishi xalqning kelajagi demakdir. Ammo, og‘ir kasallikka chalingan go‘dakning kundalik hayoti nafaqat uning oilasi, balki butun jamiyat uchun katta sinov. Ayniqsa, onkologik kasallikka chalingan bolalar holidan xabar olish, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlash, tabassum ulashish hayotlariga nur olib kirish har bir jamiyat a’zosining vazifasi bo‘lmog‘i lozim.

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Buxoro viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan “Qizil yarim oy” jamiyati viloyat bo‘linmasi bilan hamkorlikda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining onkologiya va nevrologiya bo‘limida davolanayotgan bolajon uchun “Menga umr baxsh et” xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari viloyat, tuman  Kengashi deputatlari, Jamoat fondi viloyat bo‘linmasi xodimlari, viloyatdagi milliy madaniy markazlar rahbarlari va ularning a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. 

Hozirda, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining onkologiya va nevrologiya bo‘limida 27 nafar bolalar davolanmoqda. Ularning sog‘lom bo‘lishlari uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan. 

– Onkologik kasallikka chalingan bolalar holidan xabar olish – faqatgina xayriya yordamini tashkil etish emas, balki ularga samimiy e’tibor ko‘rsatish, mehr ulashish, hayotga ishonch bag‘ishlaydi, – deydi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Abira Huseynova. – Har birimiz imkoniyatimizdan kelib chiqib, bu farzandlarga yordam qo‘lini cho‘zishimiz kerak. Chunki ularning tabassumi kelajagimizdir.

[gallery-25486]

– Bugungi tadbir juda ham yaxshi o‘tdi, – deydi viloyat rus milliy madaniy markazi rahbari Natalya Chopanashvili. – Bunday tadbirlarni tez-tez o‘tkazib turishimiz kerak. Bolalarning holidan xabar olib ularni ko‘nglini ko‘tarishimiz lozim. Axir, ular ham bizning farzandlarimiz. Bolalar jamiyatning eng nozik qatlami, ularning sog‘lomligi va baxti barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Onkologik kasallikka chalingan bolalar holidan xabar olish orqali biz ularga faqat moddiy yordam emas, balki eng muhim narsa – yashashga ishonch va umid bag‘ishlashdir. 

– Bolalarning holidan xabar olish bilan birga, ularga mehr-muhabbat, samimiylik va yuksak insoniylik tuyg‘ularini ulashdik. Jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlikni qaror toptirish yo‘lida bunday ishlar, albatta, davom etishi lozim, – deydi viloyat qozoq milliy madaniy markazi rahbari Xazna Kolbayeva.

Onkologik kasallikka chalingan bola ko‘pincha uzoq davolanish jarayonlarini boshdan kechiradi. Bu davrda uning dunyoqarashida qiyinchiliklar, qo‘rquv va tushkunlik holatlari paydo bo‘lishi mumkin. Aksiya doirasida bolalar bilan samimiy muloqot qilindi. Ularni diqqat bilan tinglash ularga kuch-quvvat berdi. Turli o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar, kitobxonlik soatlari, ayniqsa, viloyat qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari tomonidan tayyorlangan dastur bolajonlarga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ft2M0v7CwoM" title="“Menga umr baxsh et”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat, video), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Menga umr baxsh et” (+video)