Qo‘shma Shtatlar kecha Kolumbiya yetakchisi Gustavo Petroning vizasini bekor qilishini ma’lum qildi. Bu qaror Petro oshkora tarzda AQSH askarlarini prezident Donald Trampga bo‘ysunmaslikka chaqirganidan so‘ng qabul qilindi va Vashington – Bogota o‘rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.

Avvalroq, migratsiya va giyohvand moddalar savdosi masalalari bo‘yicha Tramp ma’muriyati bilan kelishmovchiliklarga duch kelgan Petro juma kuni BMT qarorgohi oldida Falastin tarafdorlari guruhiga murojaat qilib, Falastinni ozod qilish uchun xalqaro qurolli kuchlar tuzish chaqirig‘ini yana takrorladi

– Bu xalqaro kuch Qo‘shma Shtatlarnikidan kuchliroq bo‘lishi kerak, -dedi u. – Shuning uchun men Nyu-Yorkdan turib AQSH armiyasining barcha askarlariga murojaat qilyapman: qurollaringizni insoniyatga qaratmang, odamiylik amriga itoat eting.

AQSH Davlat departamenti Kolumbiya prezidentining harakatlarini “xato” deb atadi. 

– Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Nyu-York ko‘chasida turib AQSH askarlarini buyruqlarga bo‘ysunmaslikka va zo‘ravonlikni keltirib chiqarishga undadi. Biz Petroning adovat qo‘zg‘atuvchi harakatlari tufayli uning vizasini bekor qilamiz, - deya “X” ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirdi AQSH Davlat departamenti.

“Caracol” radiosi xabar qilishicha, AQSH Petroning vizasini bekor qilishini e’lon qilganida, u allaqachon Nyu-Yorkni tark etish uchun samolyotga o‘tirgan edi.

Kolumbiya hukumati vaziyat bo‘yicha hozircha izoh bermagan.

O‘.Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Kolumbiya prezidenti vizasini bekor qildi