XXI asrning birinchi choragi ortda qolar ekan, global siyosiy manzara tobora o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Qudratli davlatlar o‘rtasidagi raqobat, iqtisodiy sanksiyalar, yangi texnologiyalar uchun kurash, ekologik falokatlar xavfi va terrorizm insoniyatga tahdid sifatida saqlanib qolmoqda.

Bu jarayonlar fonida yirik xalqaro tashkilot – BMT faoliyati atrofida ko‘plab bahs-munozaralar yuzaga kelayotgani sir emas. Zero, bugun dunyoda geosiyosiy va geoiqtisodiy kurashlar, manfaatlarning tobora strategik ahamiyat kasb etishi, xalqaro huquq normalari va demokratik qadriyatlarning darz ketishi yagona, yaxlit yondashuvni taqozo etmoqda.

Geosiyosiy burilish chorrahasida O‘zbekiston pozitsiyasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqida ikki jihatning uyg‘unlashganini ko‘rish mumkin. Jumladan, davlat Rahbari o‘z ma’ruzasida BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish, uning tarkibini kengaytirish, jahondagi ziddiyatlar va nizolarni hal etishda BMTni asosiy platforma rolini bajarishi zaruriyatini ta’kidladi. Xususan, O‘zbekiston yetakchisi quyidagi muhim jihatlarni ajratdi:

Birinchidan, Afg‘oniston masalasini mintaqaviy xavfsizlik bilan uzviy bog‘lab, bu mamlakatda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish. 

Ikkinchidan, Yaqin Sharq, xususan G‘azodagi mojarolar va Ukraina konflikti bo‘yicha muloqot va adolatli yechimni izlash. 

Markaziy Osiyo yetakchilari BMT minbarida: mintaqa manfaatlarining uyg‘unligi va barqarorligi

Markaziy Osiyo davlatlari uchun hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik bugungi global beqarorlik sharoitida muhim ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mintaqa oldida turgan asosiy vazifalar 
va ularni hal etish bo‘yicha qator yirik tashabbuslarni ilgari surdi.

Birinchidan, ekologiya masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Orolbo‘yi ekotizimini tiklash, suvni tejash bo‘yicha Butunjahon forumini o‘tkazish hamda iqlim migratsiyasi yuzasidan Global pakt qabul qilish takliflari nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun insoniyat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.

Ikkinchidan, mintaqaning iqtisodiy rivojlanish uchun e’tiborga molik tashabbus ilgari surildi. Jumladan, Prezident  BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (EKOSOS) va BMTning Savdo va Taraqqiyot bo‘yicha Konferensiyasi (YUNKTAD) shafeligida Markaziy Osiyo iqtisodiy taraqqiyotiga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish, shuningdek, BMTning Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti (YUNIDO) bilan hamkorlikda “yashil texnologiyalar mintaqaviy xabi”ni tashkil etish tashabbusini bildirdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus BMT rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi mintaqadagi hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Uchinchidan, mintaqa xavfsizligi sohasida Afg‘onistonda iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, mintaqaviy transport va energetika koridorlarini rivojlantirish yuzasidan BMT rezolyutsiyasini qabul qilish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini Toshkentda ochishga tayyorligini ma’lum qildi.

Mazkur tashabbuslar mintaqaning birdamligini mustahkamlab, uni barqaror taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik makoni sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. 

Markaziy Osiyo yetakchilarining chiqishlarida ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarga uyg‘un qarashlar yaqqol ko‘zga tashlandi. Ular ham mintaqada barqaror rivojlanish, xavfsizlikni ta’minlash va ekologik muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 

Jumladan, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Orol va Kaspiy muammolari, iqlim o‘zgarishi va muzliklar erishiga e’tibor qaratdi. 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Afg‘onistonga nisbatan izolyatsiya va sanksiyalar emas, iqtisodiy integratsiya va moliyaviy resurslarni qaytarish zarurligini ta’kidladi. 

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon muzliklarning tez erishi va suv inqirozi butun Markaziy Osiyo uchun jiddiy xavf ekanini ta’kidlab, suv diplomatiyasidagi tashabbuslarini bildirdi. Shuningdek, terrorizm, kiberxavfsizlik va Afg‘onistonda barqarorlik masalalariga to‘xtaldi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuxamedov “Markaziy Osiyo – tinch hamjihatlik makoni” forumini BMT hamkorligida o‘tkazishni taklif qilib, “Xalqaro vositachilik kuni”ni belgilash tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, ekologiya masalasida cho‘llanishga qarshi kurash markazini tashkil etish va Kaspiy ekologik tashabbusini davom ettirish niyatini bildirdi.

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi natijalari shuni ko‘rsatdiki, Markaziy Osiyo davlatlari endi xalqaro siyosiy jarayonlarda o‘z ovozini qat’iy va ravshan ifoda eta boshladi. Mintaqa davlatlari yetakchilari ma’ruzalarida mintaqa “yaxlit organizm” sifatida rivojlanishi kerakligi ta’kidlandi.

Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasida O‘zbekistonning roli va tashabbuskorligi ortib boradi. Bu ayniqsa, suv resurslari, energetika xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, terrorizm va Afg‘oniston masalalari bo‘yicha ilg‘or tashabbuslarda ko‘zga ko‘rinadi.  

Xulosa qilib aytganda, Shavkat Mirziyoyevning nutqi nafaqat O‘zbekiston manfaatlarini, balki butun mintaqaning geosiyosiy nufuzini xalqaro islohotlar jarayoni bilan uyg‘unlashtirish masalasi markaziy o‘rinni egalladi.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekistan yetakchisi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar nafaqat mintaqaviy, balki global siyosiy muhitda ham dolzarb va ilg‘or yondashuv sifatida tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Shohjahon Rashidov, 

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi bosh mutaxassisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mintaqaviy manfaatlardan global barqarorlik sari