Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, ularni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga har biridan 32 ming AQSH dollaridan, jami 96 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sayyohlik firma rahbari oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi