Ruandaning Kigali shahrida Xalqaro velosipedchilar ittifoqining (UCI) 194-kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Afrika qit’asida ilk bor o‘tkazilayotgan shosse bo‘yicha jahon chempionati doirasida tashkil etildi.

Kongressda besh qit’adan 117 ta milliy federatsiya vakillari qatnashdi. O‘zbekiston velosport federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari, Osiyo velosport konfederatsiyasi bosh kotibi Kozim O‘rinboyxo‘jayev ham anjumanda ishtirok etdi.

Kongress davomida qit’alararo velosportni yanada ommalashtirish, oldinda turgan nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Devid Lapartiyent UCI prezidenti lavozimiga qayta saylandi.  

Osiyo velosport konfederatsiyasi (ACC) raisi Dato Amarjit Singx UCI vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Devid Lapartiyent UCI prezidenti lavozimiga qayta saylandi