Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” va OKMK klublari o‘rtasidagi o‘yin “Bobur Arena” stadionida o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda “Andijon” klubi raqib ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsdagi yagona golga 30-daqiqada Usmonali Ismonaliyev mualliflik qildi. Ushbu natijadan so‘ng “Andijon” ochkolarini 25 taga yetkazib olgan bo‘lsa, OKMK 40 ochko bilan qoldi.

Bugun, 27 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:00 da “Navbahor” va “Qizilqum” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Shu o‘rinda jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, klublar 51 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 22 marta, “Qizilqum” esa 14 marta g‘alaba qozongan, 15 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida – 71/52.
Hozirda chempionatimiz jadvalida “Navbahor” 33 ochko bilan 7- o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Qizilqum” 26 ochko bilan 8-o‘rindan joy olgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA