O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Sport vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasidan salohiyatli va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Istiqbolli xotin-qiz kadrlar” maxsus loyihasi doirasidagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yakunlandi.

Unda sport vaziri Adham Ikromov hamda Akademiya rektori Jasur Salixov ishtirok etib, malaka oshirish kursini yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirishdi. 

Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 iyundagi farmoni ijrosini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning ulushini 2030 yilgacha 40 foizga yetkazish, davlat fuqarolik xizmatida yuqori turuvchi lavozimlarga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratish hamda milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlar ulushini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Dasturga muvofiq, vazirlik tizimidagi 18 ming 262 nafar xotin-qiz kadrlar orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmasi boshliqlarining tavsiyasiga asosan, 10 nafardan jami 140 nafar salohiyatli xotin-qizlar jalb etildi. Dastlab o‘tkazilgan test sinovlari va suhbat natijalaridan kelib chiqib, joriy yilning 22-26 – sentyabr kunlari 30 nafar nomzodlar Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga jalb etilgan edi. 

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport sohasida xotin-qiz rahbar kadrlar zaxirasi shakllanmoqda