Xitoyda 28 sentyabr kuni yer yuzi bo‘yicha eng baland joyda barpo etilgan ko‘prik – “Xuatszyan Grand Kanon” majmuasi ochilishi rejalashtirilgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari yozishicha, Guyjou muzofoti janubi-g‘arbida joylashgan Lyuji-Anlong tez yurar yo‘lida qurilgan bu inshootning uzunligi 2890 metr, suv sathidan balandligi 625 metr. Har ikki ko‘rsatkich sayyoramiz bo‘yicha rekord natija.
Xullas, bir paytlar o‘tib bo‘lmaydigan jarlik endi muhim transport yo‘lagiga aylandi. Ko‘prik ishga tushgach, ikki qirg‘oqni ulaydigan vaqt ikki soatdan ikki daqiqaga qisqaradi. Mintaqadagi transport aloqasi sezilarli darajada yaxshilaydi.
G.Sattorova, O‘zA