Qishloq xo‘jaligida yoshlar muammolari
Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda yosh fermerlar, dehqonlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi va eksporti bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar, kooperativlar, sohaga oid ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari hamda talabalar qatnashdi. Hududiy Yoshlar markazlaridan 650 nafar ishtirokchi videokonferensiya orqali ulanib, o‘z savollarini berdi.
Muloqotda vazirlik va idoralar rahbarlari, sohaga aloqador mutaxassislar yoshlarning muammo va takliflarini tinglab, amaliy javob berishdi. Onlayn yuborilgan savollar ham moderatorlar tomonidan o‘qib eshittirildi.
Tadbir Yoshlar ishlari agentligining YouTube sahifasi orqali jonli efirda namoyish etildi. Bildirilgan taklif va masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rt2Dusod9d4" title="Qishloq xo‘jaligida yoshlar muammolari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Doniyor YAKUBOV, Iskandar ISMATOV, O‘zA