Ijtimoiy soha ob’ektlari va xonadonlarni kuz-qish mavsumiga hozirlash kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb va muhim masalalardan biridir. Bu borada Namangan viloyatida kommunal xizmat ko‘rsatishda muayyan ishlarga kirishilgan.

Jumladan, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholini bir maromda xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, viloyatda foydalanishda bo‘lgan 5207,5 kilometr gaz tarmoqlari bo‘lib, shundan 199,2 kilometr yuqori bosimli, 4456,6 kilometr o‘rta bosimli va 551,7 kilometr past bosimli yer osti va yer ustida joylashgan gaz tarmoqlaridir. Bundan tashqari viloyatda mavjud 626 ta gaz taqsimlash punktining 215 tasi yuqori bosimli va 411 tasi o‘rta bosimli gaz taqsimlash punkti  hamda 250 tasi gaz qudug‘iga to‘g‘ri keladi. 

– 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz ta’minotini barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida Namangan viloyatidagi 24 kilometr gaz tarmoqlari mukammal ta’mirlanib, 3,7 kilometr gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, – deydi “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktori Ibrohimjon Mamadjonov. – Aholi xonadonlariga tabiiy gazni bir me’yorda yetkazib beruvchi viloyatdagi jami 660 dona gaz bosimini sozlash qurilmasi texnik taftishdan o‘tkazilib, 53 dona yangi zamonaviy gaz taqsimlash punkti o‘rnatildi.

Sovuq kunlarga tayyorgarlik doirasida viloyat shahar va tumanlaridagi 273,4 kilometr yer osti gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash ishlari bajarildi hamda 380 kilometr gaz quvurlari tartibga keltirilib, bo‘yoqlandi. 

Qolaversa, hududlardagi mavjud yuqori va o‘rta bosimli uzunligi 827,2 kilometr yer osti gaz quvurlarida gaz sizib chiqish holatining oldini olish maqsadida maxsus pribor hamda “Mobil laboratoriya” yordamida to‘liq tekshirish ishlari olib borildi.

Qayd etish joiz, hozirga qadar viloyat aholisining tabiiy gaz ta’minotini uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga o‘tkazilishi munosabati bilan 18 ming 190 xonadonga regulyatorlar o‘rnatildi.

Bir so‘z bilan aytganda, bunday tayyorgarlik ishlaridan ko‘zlangan maqsad, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, pirovardida xalqimiz roziligi va farovonligini ta’minlashdir. Binobarin, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali hamda uning shahar, tuman bo‘limlari ishchi-xodimlarining shu kunlardagi barcha sa’y-harakatlari ayni shu maqsad ijrosiga qaratilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish davrida tabiiy gaz ta’minoti qanday bo‘ladi?