Qashqadaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari hanuz kun tartibidan tushmayapti. Har birimizga ma’lumki, tabiiy gaz davlatning qimmatbaho boyligi bo‘lib, uning har bir kub metri minglab xonadonlarni isitish, yuzlab korxonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun xizmat qiladi.

Shu bilan birga, afsuski, ayrim fuqarolar shaxsiy manfaat yo‘lida amaldagi qonunlarga zid harakat qilishdan tiyilmayapti. Bunday holatlar nafaqat davlat manfaatlariga, balki jamiyat taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

“Hududgaz Qashqadaryo” GTF mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar ham bu fikrni yana bir bor tasdiqladi.

Masalan, Qarshi shahrining Gulshan mahallasida yashovchi fuqaro I.A hech qanday hujjatsiz gaz tarmog‘iga ulanib, deyarli 74 million so‘mlik gazni talon-taroj qilgan. Bu mablag‘ qancha xonadonning bir yillik ehtiyojiga yetgan bo‘lardi. 

Xuddi shunday “Chaqar” mahallasidagi tadbirkor E.F novvoyxonasida hisoblagichdan oldin shlang o‘rnatib, 13 million so‘mdan ziyod gazni “o‘zlashtirgan”. Odamlar har kuni ovqat pishirish uchun hisob-kitob qilib o‘tirar ekan, kimdir davlat mulkini o‘z manfaatiga ishlatishi – adolatsizlik emasmi.

Koson tumanidagi Bog‘ishamol mahallasida esa fuqaro Sh.A xavfsizlik qoidalarini ham unutib, noqonuniy uchoq o‘rnatgan va uni tijoratda ishlatgan. Natijada 116 million so‘mlik gaz yo‘qotilgan. Bu nafaqat iqtisodiy zarar, balki atrofdagilar hayotiga ham tahdiddir.

Shu kabi holatlar Jizzalik va Arabxona mahallalarida ham qayd etildi. 

Birgalikda hisoblasak, 6 ta noqonuniy ulanish orqali davlatga yetkazilgan zarar 246 million so‘mdan ortiqni tashkil qildi.

Qonun aniq, har qanday noqonuniy harakat o‘z jazosini topadi. Jinoyat kodeksining 169-moddasiga asosan bu holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Shu boisdan ham jamiyatda har birimiz ogoh bo‘lishimiz, qonunga rioya qilishimiz zarur. Davlatning boyligini asrash faqat mutasaddilarning emas, balki har birimizning burchimizdir.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy ulanish oqibatida davlatga 246 million so‘mlik zarar yetkazildi