Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi jahon hamjamiyati uchun global siyosatda yangi qarashlar, muloqot va hamjihatlikni shakllantirishda hal qiluvchi bosqich sifatida tarixiy ahamiyat kasb etdi.

“Birgalikda yaxshiroq: tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlari uchun 80 yil va undan ko‘proq” shiori ostida o‘tgan mazkur nufuzli yig‘ilishda davlat rahbarlari insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolarga yangi yechimlar izlash maqsadida o‘z qarashlarini bayon etdilar.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu minbardagi nutqi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo va jahon hamjamiyati uchun muhim siyosiy signal sifatida e’tirof etilmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida xalqaro institutlar ta’siri zaiflashib borayotganini ta’kidlab, BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish, uning tarkibini kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Bu taklif global qarorlar qabul qilish jarayonlarida adolat va samaradorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam sifatida qaralmoqda.

Prezident nutqida kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, yashil energetika hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, pedagoglar uchun xalqaro sammit tashkil etish va xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirish tashabbuslari ilgari surildi.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo, investitsiya, transport va infratuzilma sohalaridagi integratsiyani kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Ayniqsa, Afg‘oniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini shakllantirish taklifi mintaqaning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan takliflarning dolzarbligi va global ahamiyati shundaki, BMT faqatgina Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish va qaror qabul qilish jarayonlarini ochiqlashtirish orqali zamonaviy tahdidlarga munosib javob bera oladi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar – kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim qamrovini oshirish, yashil energetikaga investitsiyalarni ko‘paytirish – nafaqat milliy taraqqiyot, balki jahon miqyosida Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi.

Mintaqadagi integratsiya jarayonlari barqarorlik va taraqqiyotning asosiy drayveri sifatida ko‘rilmoqda. Afg‘oniston orqali tranzit yo‘llarining ochilishi esa mintaqani jahon iqtisodiy tizimining markaziy nuqtasiga aylantirishi mumkin.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, tenglik va adolatga e’tibor qaratish jahon hamjamiyati uchun barqaror rivojlanishning eng muhim shartlaridan biri sifatida belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan yangragan nutqi mintaqaviy va global barqarorlik, tinchlik va adolat uchun strategik chaqiriq sifatida baholanmoqda. Ilgari surilgan taklif va tashabbuslar amalga oshirilsa, ular nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyoda tinchlik, adolat va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi.

Jahongir Sarimsoqov,

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar va hamjihatlik